So’nggi yangiliklar

08:01ESPN нашри ХХI асрнинг энг яхши футболчилар рейтингини тузиб чиқди  5 07:21Тарих ёзишда давом этамиз! Бугун Ўзбекистон ОТЖ Олимпия ўйинларида дебют баҳсида майдонга тушади  14 00:47Чалобага АПЛнинг уч клуби қизиқиш билдирмоқда  1 00:30"Барселона" Мексика терма жамоаси мураббийлар штабига қўшилган Маркес учун 2 миллион евро олди  1 00:03"Милан" ҳимоячиси Бельгияга йўл олди  1 23:46"Реал Мадрид" бошқа ҳеч кимни сотиб олишни режалаштирмаяпти  3 23:29"Челси"ни 12 нафар футболчи тарк этиши мумкин - барча номлар маълум  3 23:12Туркия. Турғунбоевнинг ягона голи "Сивасспор"га ўртоқлик ўйинида ғалаба тақдим этди  3 22:55Ўртоқлик ўйини. "Арал" Суперлига жамоасини мағлуб этди  5 22:27Венесуэлада ВАР томонидан белгиланган офсайд чизиғи муҳокамаларга сабаб бўлди  15 22:00"Челси" Сарр билан шартномани бекор қилди. Футболчи эркин агент сифатида "Ланс"га йўл олади  2 21:43"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз — 9 ёшли Диёрбек Равшанов  0 21:21Шерзод Эсанов “Андижон” мухлислари билан хайрлашди  11 21:02Испания ОТЖ бош мураббийи: "Бор эътиборимизни Ўзбекистонга қарши ўйинга қаратганмиз"  22 20:49Париж-2024. Ўзбекистоннинг Испанияга қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум  24

CHempionlik poygasi davom etadi: "Paxtakor" bilan bizni qizg'in va qiziqarli to'qnashuv kutmoqda" - Andrey Kanchelskis ishtirokidagi matbuot anjumani Yangiliklar

CHempionlik poygasi davom etadi: "Paxtakor" bilan bizni qizg'in va qiziqarli to'qnashuv kutmoqda" - Andrey Kanchelskis ishtirokidagi matbuot anjumani

Superliga 7-tur doirasidagi "Navbahor" - "So'g'diyona" (3:1) uchrashuvidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Kanchelskis va uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan Kasyan matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"O'yin juda yaxshi o'tdi. Hammaning kayfiyati alo. Stadionning ochilishi va chiroyli muhit. Muhimi, natija. Qimmatli 3 ochkoni qo'lga kiritdik. Biz uchun chempionatdagi har bir o'yin kubok uchrashuvi maqomidek juda muhim ahamiyatga ega. Futbolchilarning o'yinga bo'lgan yondoshuvi yoqdi. To'g'ri, bahs yakuniga yaqin keraksiz gol o'tkazib yuborildi. O'yinni biroz tashlab qo'ydik. Har qanday holatda ham oldinga harakatlanishda davom etamiz. 

Bayram tashkil etib berishgani uchun muxlislarga alohida rahmat aytmoqchiman. Juda ajoyib tarzda bizni faol tarzda qo'llab-quvvatlashdi. Futbolchilardan, muxlislar va natijadan xursandman. Bugun barcha o'z ishini zo'r qildi", - deya o'yin haqidagi fikrlarini bildirdi Andrey Kanchelskis.

- Malum tanaffusdan so'ng nihoyat o'z uylaringizda o'ynadinglar. Ajoyib muhit, yangi maydon... 

- Menku o'ynamadim, Sashadan so'ranglar, maydon haqida u gapirsa to'g'riroq bo'ladi. SHaxsan menga maysa sifati juda yoqdi. Ajoyib maydon. Buning uchun barchaga rahmat aytaman. 


- Samarqanddagi o'yinda jamoa ikkinchi bo'limda umuman boshqacha o'ynagandi. Bugun esa aksincha. Tanaffusda futbolchilarga o'yin tempini ushlab turishni alohida ko'rsatma sifatida berdingizmi yoki qanday?

- Albatta. Nimani istagan edingiz? Futbolda doim hujumkor o'ynashning imkoni yo'q. Aks holda raqib sizni qarshi hujumda gol bilan jazolaydi. Keyin esa siz ham, men ham asabiylashib o'tirardik. Ikkinchi taymda raqib shunchaki to'pni nazorat qildi xolos. Faqatgina birgina vaziyatda biz diqqatimizni yo'qotganimiz evaziga raqib gol urdi. Qolgan daqiqalardachi? Biz hisobdan kelib chiqib kuchimizni tejadik. Biz kelasi turda "Paxtakor" bilan to'qnashamiz. Kuchni keragidan ortiq ishlatishning payti emas. SHunga qaramay ikkinchi bo'limda ham 4-5 gollarni urishimiz mumkin edi. Muhimi, kerakli 3 ochkoni qo'lga kiritdik.


- Jamoa peshqadam "Paxtakor"dan 8 ochko ortda qolmoqda. Qanday qilib "Paxtakor"ni quvib etmoqchisiz?

- CHempionat hali uzun. Biz uchun har o'yin kubok bellashuviga teng. Kechadan avval "Loko" ochko yo'qotdi. Bungacha "Paxtakor" Termizda ochko yo'qotgandi. Kurashni davom ettirish lozim. Tez kunda "Paxtakor" bilan juda qiziqarli o'yin guvohiga aylanamiz. "Paxtakor" bizga qarshi qanday ko'rinishini ko'rib olamiz yoki aksincha. Bu erda eng muhimi o'yinga bo'lgan yondoshuv. Futbolchilar g'alaba o'tida yonishlari kerak bo'ladi. 


- O'tgan o'yinda Oston Urunovning o'yinga bo'lgan munosabatidan ko'nglingiz to'lmagandi. Bugun u sizga qanday taassurot qoldirdi?

- Men undan minnatdorman. Bugun u Sashadan keyin eng yaxshi futbolchi bo'ldi. Oston jamoa uchun o'ynadi. Birinchi ikkita golda aynan uning xizmatlarini etirof etish lozim. SHuningdek, o'zi ham gol urishi mumkin edi. Mardlarga xos xarakter ko'rsatdi va o'zida kuch topdi. O'runov juda yaxshi saviyadagi futbolchi.


- Golban jarohatdan tuzaldi va safga qaytdi. Uning yo'qligida Lukich markaziy himoyada yomon taassurot qoldirmadi. Mehmonov esa ko'p xatolarga yo'l qo'ymoqda. SHundan kelib chiqib, himoya markazida Golban-Lukich juftligini sinab ko'rishga qanday qaraysiz?

- Biz barcha variantlarni ko'rib chiqamiz. Igor darhaqiqat biz uchun juda muhim futbolchi. Jarohatdan hech kim sug'urtalanmagan. Balki siz aytgandek Lukich-Golban tandemini sinab ko'rarmiz yoki yo'q. Buni vaqt ko'rsatadi.


SHuningdek, matbuot anjumanida uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deya topilgan Aleksandr Kasyan ishtirok etdi va o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

Kasyan: - "O'yin tizginini to'liq nazoratda ushlab turdik. Ishqibozlarga katta rahmat. Bugungi muhitda futbol o'ynash juda yoqimli bo'ldi. Maysa sifatiga gap yo'q. Hammasi zo'r. Mazza qilib futbol o'ynaydigan maydon. Barcha erda yaxshi futbolchilar to'p surishadi. Avvalgi mavsumda menga jarohatlar ham ko'p xalaqit qilgandi. Men hozir Rossiya birinchiligi va bu erdagi chempionatni solishtirmagan bo'lardim".

SHu joyda Andrey Kanchelskis gapga qo'shildi va har bir futbolchi o'z jamoasini topishi muhimligini takidlab, Torresni "Liverpul"da ajoyib o'ynagani, ammo "CHelsi"da kutilganidek o'ynolmagani yoki SHevchenkoni "Milan"dan keyin "CHelsi"da o'ynab ketolmaganini misol keltirib, Kasyan aynan "Navbahor"da o'rnini topganiga ishora qildi.

Reyting: +35   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика