Chempionlar ligasi. Nedved "Yuventus" - "Real" juftligi haqida fikr bildirdi

Aslanov Jasurbek
16 mar 2018, 17:26
"Yuventus" direktorlar kengashi vakili Pavel Nedved Chempionlar ligasi 1/4 final bosqichiga tashlangan qur'a haqida fikr bildirdi.

"Keksa sinora" chorak finalda "Real" bilan o'ynaydi.

"Bu ikki jamoa o'rtasidagi o'tgan mavsumda o'tkazilgan final natijasi navbatdagi bahsga ta’sir qilmaydi. Hozir boshqa bosqich va u 180 daqiqadan iborat. Ularga muammo tug'dira olishimiz mumkin, biroq biz ham qiyinchiliklarga duch kelishimiz aniq. Chorak finalning ilk uchrashuvida Miralem Pyanich va Mexdi Benatiya sariq kartochkalar tufayli maydonga tusha olmaydi" - deydi Nedved.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: UEFA