"CHelsi"ning sobiq futbolchisi yo'qolib qoldi
10 iyu 2022 16:55
Yangiliklar
"CHelsi"ning sobiq futbolchisi yo'qolib qoldi
25 yoshli belgiyalik futbolchining London klubi bilan kelishuvi 2022 yil yozida yakunlangan va shundan keyin vataniga qaytib, "Zyulte-Varegem" bilan muzokaralar olib borayotgandi. Muzokaralar ikki tomon uchun muvaffaqiyatli tugadi, ammo shundan keyin bir necha hafta o'tgan bo'lsa-da, Musonda ko'rinish bergani yo'q.
"Musonda qachon mashg'ulotlarga qo'shiladi? Bilmayman.
U bilan xayrlashamizmi yoki hamkorlikni davom ettiramizmi, bilmayman. Oradan ikki hafta o'tdi, u biz bilan aloqaga ham chiqmadi, hech qanaqasiga bog'lanib bo'lmadi. SHu sababli hozir qo'l ostimizdagi jamoaga etibor beryapmiz", - dedi Eddi Korde.
Musonda "Anderlext" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 16 yoshligida "CHelsi"ga o'tgan futbolchi jamoada asosiyga aylana olmadi. SHu sababli "Betis", "Seltik", "Vitess" kabi klublarda ijarada o'ynadi.
Fikrlar