"Chelsi"ga Donnarumma kerak

Mirjalol Normatov
29 mar 2020, 13:26
"Milan" posboni Janluijji Donnarumma "Chelsi" safiga o'tishi mumkin.

"Aristokratlar" rahbariyati uning agenti Mino Rayola bilan bog'langan va futbolchi bilan o'z rejalari borasida gaplashib olishgan.

Ayni damda 21 yoshli Donnarumma "Milan" bilan shartnomani uzaytirish borasida muzokaralar olib bormoqda. Uning klub bilan shartnomasi 2021 yilga qadar davom etadi.

Kiper "Napoli" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. "Milan"da u 2013 yildan buyon harakat qilmoqda. 16 yoshga kirganida, yani, 2015 yilda u asosiy tarkibda debyut qilgan.

Posbonning transfer narxi 55 mln evroni tashkil qilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: The Express