So’nggi yangiliklar

20:48"Ливерпуль" футболчиси "Реал"га ўтишга тайёр  0 20:20Неймар қиз фарзандли бўлди, Роналду яхтада Жоржина билан сайрга чиқди. Футбол юлдузлари ҳафтани қандай ўтказди?  1 19:55Тебас "Реал"нинг Ла Лигадаги биринчи ўйинини кўчирилмаслигини айтди  5 19:24"Ювентус" футболчиси Дуглас Луис фаолиятини АПЛда давом эттириши мумкин  0 18:59"Арсенал" "Барселона" ярим ҳимоячиси учун курашга қўшилди  5 18:52"Навбаҳор", "Динамо", "Бухоро"га жарима ва яна кўплаб қарорлар – Тартиб-интизом қўмитасининг навбатдаги йиғилиши тафсилотлари  8 18:29Эшитдик-да! Жамшид "Нефтчи"дан "Навбаҳор"га қайтмоқда  18 18:15"Арсенал" мухлислари Мадуэке трансферига қарши чиқишмоқда  3 17:46Абрамов, Алибоев, Неъматов ва Сергеев — Суперлигада 1-давранинг энг яхшилари  2 17:20Месси "Барселона" учун хайрлашув учрашувини янгиланган "Камп Ноу"да ўтказади  6 16:52Пенальтилар статистикаси: Биринчи даврада ким кўп пенальти тепди ёки умуман нуқтага ҳам яқинлашмади?  0 16:24Пулишич Саудия Арабистонига йўл олиши мумкин  3 15:57Ресан, Ратиньо, Цигер... Суперлиганинг 1-давра легионерлар рамзий терма жамоаси  5 15:42"Байер" ақшлик футболчини 35 млн еврога харид қилди  0 15:17Расман: Пиоли янги жамоасини қабул қилиб олди  0

"CHelsi"dan "Bunyodkor"ga o'tib, O'zbekiston chempionatini yutgan braziliyalik murabbiy hozir qaerda? Yangiliklar

"CHelsi"dan "Bunyodkor"ga o'tib, O'zbekiston chempionatini yutgan braziliyalik murabbiy hozir qaerda?

O'tmishda muxlislarning diqqat markazida bo'lgan, ammo so'nggi paytlarda katta sahnadan biroz chekingan futbol kishilari haqida malumot beruvchi ruknimiz davom etadi.

2008 yilda Mirjalol Qosimov terma jamoaga o'tib ketganidan keyin "Bunyodkor" murabbiyi sifatida Braziliya futboli afsonasi Ziko tanishtirildi. 

Mirjalol Qo'shoqovich bunga qadar jamoani Osiyo CHempionlar Ligasi  yarim finaliga olib chiqqandi. Final ostonasida "Adelaida Yunayted" (Avstraliya) to'sig'idan o'tolmagan Ziko esa mavsum yakunida Moskvaning CSKA klubiga o'tib ketdi. 

"Qaldirg'ochlar" rulida Amet Memet hamda Hikmat Ergashevning qisqa muddatlik faoliyatidan keyin boshqa bir braziliyalik — Luis Felipe Skolari olib kelindi. 2002 yilgi mundial g'olibi, 2004 yilgi Evropa chempionati finalchisining Toshkentda ishlashi "Bunyodkor" uchun yiliga 13 mln evroga tushgan. Skolari o'sha paytda jahonning eng ko'p maosh oluvchi murabbiyi hisoblanardi.

Braziliyalik murabbiyning "Bunyodkor"dan oldingi klubi Londonning "CHelsi"si bo'lgandi.

Toshkentdagi 1 yillik faoliyatidan keyin o'z vataniga qaytgan Skolari 2012 yilda Braziliya terma jamoasi boshqaruviga olib kelindi. Uning oldiga 2014 yilgi jahon chempionatida zafar quchish vazifasi qo'yilgandi. Ammo uning terma jamoadagi faoliyati mamlakat futboli tarixidagi eng yirik sharmandalik bilan yakuniga etdi.

Skolari ayni paytda Braziliya chempionatida faoliyat yuritmoqda. U "Gremio" klubi bosh murabbiyi hisoblanadi.

Malumot uchun, Luis Felipe Skolari o'z vaqtida Quvayt, Yaponiya va Xitoy chempionatlarida ham faoliyat yuritgan. Quyida esa uning boshchiligidagi "Bunyodkor" hamda Namanganning "Navbahor" klubi o'rtasidagi bahsni tomosha qilishingiz mumkin (16.05.2010).

NAVBAHOR - BUNYODKOR - 1:2 (0:0)
16.05.2010. 9-tur. Namangan. “Markaziy” stadion. 28979 tomoshabin.
Bosh hakam:
Ermatov Ravshan - 9,6
Gollar: 0:1 - Ismoilov Anzur, 59. 0:2 - Kapadze Timur, 71. 1:2 - SHarofetdinov Dilshod penalti, 90+3.
NAVBAHOR: Pavlenko Mikola; Polovkov Aleksandr; Berdimurodov Rahmatullo; Mamadaliev Sunnatilla; Celix Yuriy (Kriviy Maksim, 81); Mahmudov Alisher (Nagaev Ivan, 67); Valijonov Otabek; Xolmurodov Akmal; Xramcov Aleksey; Jo'raev G'ayrat (Sultonov Timur, 60); SHarofetdinov Dilshod
BUNYODKOR: Nesterov Ignatiy; Ristich Stevica (Kapadze Timur, 71); G'ofurov Anvar; Haydarov Aziz; Edson Ramos; Denilson (Soliev Anvar, 89); Hasanov Jasur; Jo'raev Sahob (Melziddinov Ruslan, 46); Ismoilov Anzur; Joao Viktor; Jeparov Server
Ogohlantirishlar: Mamadaliev Sunnatilla, 38; Ismoilov Anzur, 44; Denilson, 47; Melziddinov Ruslan, 72; Hasanov Jasur, 76.

Messining o'rnini bosishi kutilgan Deulofeu hozir qaerda?

Muallif :
Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика