"Qiziqarli fakt". "Bunyodkor"ning braziliyalik murabbiyi haqida

"Championat.asia" saytida yangi rukn ishga tushmoqda.

Endi o'zbek va jahon futbolining yirik namoyondalari hayoti va faoliyatiga doir bir nechta qiziqarli ma'lumotlar bilan tanishib borishingiz mumkin.

Bugun Braziliya terma jamoasi bilan mundialda (2002), Toshkentning "Bunyodkor" klubi bilan O'zbekiston chempionatida zafar quchgan Luis Felipe Skolari haqida gaplashamiz.

Skolari – Yevropa chempionati finalida ishtirok etgan o'zga qitalik yagona murabbiy. Evro-2004 finalida braziliyalik mutaxassis boshqaruvidagi Portugaliya terma jamoasi Gretsiyaga imkoniyatni boy berib qo'ygandi.

"Bunyodkor"da ishlab yurgan paytlari Skolari dunyoning eng ko'p maosh oladigan murabbiyi edi. Unga "qaldirg'ochlar" tomonidan 13 million evro yillik maosh to'langan. 

Skolari o'zining og'ir fel-atvori bilan tanilgan. U hakamlar harakatini tanqid qilgani va muxlislar manziliga yo'naltirilgan haqoratli ishoralari tufayli bir necha bor diskvalifikaciya qilingandi.

Faxriddin Ro'ziev


Manba: championat.asia