"Chelsi" so'nggi 6 o'yinda 1 marta g'alabaga erishdi, navbatdagi o'yin "Manchester Siti" bilan

Mirjalol Normatov
29 dek 2020, 00:40
Bugun "Chelsi" APLning 16-turi doirasida "Aston Villa"ga qarshi bahs olib bordi.

Barcha turnirlarda o'tkazgan so'nggi 6 o'yinini inobatga oladigan bo'lsak, "Chelsi" ularda faqatgina bir g'alabaga erishdi.

"Aristokratlar" avvaliga YCHLda "Krasnodar" bilan 1:1 hisobida durang o'ynagan bo'lsa, keyinchalik "Everton" hamda "Vulverxempton"ga mag'lub bo'ldi.

Derbida "Vest Xem" mag'lub etilgach, navbatdagi derbida "Arsenal" ham "Chelsi"ni dog'da qoldirgandi.

"Chelsi" navbatdagi uchrashuvini 3 yanvar kuni "Manchester Siti"ga qarshi bahs olib boradi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia