"CHelsi" Rojdestvoda birinchi bo'lsa, doimo APL chempioniga aylangan
15 dek 2016 11:10
Yangiliklar
"CHelsi" Rojdestvoda birinchi bo'lsa, doimo APL chempioniga aylangan
Kecha "CHelsi" APLning 16-tur uchrashuvida "Sanderlend" mehmoni bo'ldi.
Fabregasning yagona goli "aristokratlar"ga navbatdagi g'alabani taqdim etdi.
Bundan avvalgi mavsumlarda agar "CHelsi" Rojdestvo bayramida turnir jadvalining cho'qqisida bo'lsa, ular o'sha mavsum chempioniga aylanishgan. Bu holatni 2004/05, 2005/06, 2009/10, 2014/15 mavsumlarda kuzatish mumkin.
Ayni damda "CHelsi" APL turnir jadvalida peshqadam.
Fikrlar