"CHelsi" qishki hamda umumiy transferlar bo'yicha eng ko'p pul sarflagan klubga aylandi
11 jan 2023 22:37
Yangiliklar
"CHelsi" qishki hamda umumiy transferlar bo'yicha eng ko'p pul sarflagan klubga aylandi
London jamoasi "Atletiko"dan yarim himoyachi Joau Feliksni 11 million evro evaziga ijaraga oldi.
Transfermarkt malumotlariga ko'ra, "CHelsi" yangi o'yinchilar uchun 355,49 million evro sarfladi, bu boshqa klublardan ko'ra ko'proq sanaladi. Bu ko'rsatkich bo'yicha ikkinchi o'rinni “Manchester Yunayted” (240,32 million evro), uchinchi o'rinni “Vest Xem” (182 million evro) egallab turibdi.
Feliksning transferi "CHelsi"ning qishki transfer oynasidagi to'rtinchi transferi bo'ldi. Ushbu transfer oynasi davrida ham londonliklar eng ko'p pul sarflagan - 73,5 million evro. Portugaliyalik hujumchi bilan shartnoma imzolashdan avval “ko'klar” Benua Badyashilni 38 million evroga, Andrey Santosni 12,5 million evroga va David Fofanani 12 million evroga sotib olgandi.
Qishki mavsumda transfer xarajatlari bo'yicha ikkinchi klub Kodi Gakponi 42 million evroga sotib olgan "Liverpul" hisoblanadi.
Fikrlar