"CHelsi" Kunde uchun 50 mln evro berishga tayyor, ammo "Sevilya" ko'proq xohlamoqda
28 avg 2021 11:16
Yangiliklar
"CHelsi" Kunde uchun 50 mln evro berishga tayyor, ammo "Sevilya" ko'proq xohlamoqda
"CHelsi" "Sevilya" himoyachisi Jyul Kundening transferi ustida ishlashda davom etmoqda.
London klubi 50 million evro taklif qilishga tayyor, ammo ispanlar ko'proq mablag' xohlashmoqda, bu haqda Fabricio Romano yozmoqda.
Klublar o'rtasida biroz keskinlik bor - ammo muzokaralar davom etmoqda - u vositachi orqali olib borilmoqda.
22 yoshli futbolchi o'tgan mavsum La Liga doirasidagi 34ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 1ta assist qayd etdi. Joriy mavsum Ispaniya chempionatida esa 2ta o'yinda harakat qildi.
Fikrlar