So’nggi yangiliklar

13:08Эриксен нега "Вольфсбург"га ўтишга қарор қилганини айтди  0 12:32Гави тахминан икки ойни ўтказиб юбориши мумкин  0 11:58"Монтеррей" Марсьяль трансферини эълон қилди  0 11:20Февзи Давлетов: "Навбаҳор" билан ўйинда биз ғалабага яқинроқ эдик"  6 10:58Азиз Ибрагимов: "Учрашув дерби мақомида ўтади, аммо ғалаба "Пахтакор"ники бўлади"  10 10:35Артета: "Ливерпуль" кучайиб кетди"  2 10:09Шухрат Раҳмонқулов: "Пахтакор" – "Нефтчи" ўйинида биринчи гол урган ғалаба қозонади"  2 09:46Постекоглу: "Тоттенхэм"дан кетишим кутилмаган ҳолат бўлмади"  2 09:21Зоҳир Пиримов: "Пахтакор" – "Нефтчи" ўйинида имкониятлар тенг"  3 09:20Легионерлар. Ғаниев тўлиқ ўйнади, Ҳамробеков эса...  1 09:06Сергей Лушан: “Жамоага нима етишмаётганлигини билганимда, энг бахтли инсон бўлардим”  16 08:58Факт. "Сўғдиёна" 14 йилдан сўнг ОКМК дарвозасига 3 тадан кўп гол урди  0 08:41Бугун "Қизилқум" устози Шевченконинг рекордини такрорлайдими?   3 08:33Рубен Аморим: "Биз ўзгардик ва анчагина кучайдик"  4 08:07Сервер Жепаров: "Пахтакор"га "Нефтчи"нинг зич ҳимоясини ёриб ўтиш осон бўлмайди"  14

"CHelsi" Kante bilan shartnoma borasida kelisha olmayapti. U yozda tekinga ketishi mumkin Yangiliklar

"CHelsi" Kante bilan shartnoma borasida kelisha olmayapti. U yozda tekinga ketishi mumkin

"CHelsi" tayanch yarim himoyachisi N'Golo Kante bilan yangi kelishuv borasida kelishuvga erisha olmayapti.

Kante bilan yangi shartnoma bo'yicha muzokaralar 2021 yilda boshlangan. "CHelsi"ning avvalgi rahbariyati yarim himoyachiga "3+1" tuzilmasi bo'yicha shartnoma taklif qilgan, biroq Buyuk Britaniya hukumati Roman Abramovichga nisbatan sankciyalar kiritgach, muzokaralar to'xtatilgan.

"Ko'klar" yangi rahbariyati avgust oyida N'Gologa "2+1" sxemasi bo'yicha yangi shartnomani og'zaki ravishda taklif qilgan. Ayni damda yarim himoyachi bu variantga rozi emas, chunki u uzoqroq muddatga mo'ljallangan bitimga imzo chekmoqchi, deya xabar beradi "The Athletic".

31 yoshli franciyalik futbolchi muzokaralarda muvaffaqiyatga erishilmasa, kelasi yozda klubni tekinga tark etadi.

Ushbu yozda "CHelsi" 33 yoshli hujumchi Per-Emerik Obameyang bilan "2+1" ko'rinishida kelishuv imzolagan bo'lsa, iyul oyida Kantening tengdoshi Kalidu Kulibali bilan to'rt yillik shartnoma tuzilgan edi.

"Ko'klar" sobiq bosh murabbiyi Tomas Tuxelning fikricha, Kante olgan jarohatlar soni klub rahbariyatida shubha uyg'otadi. Xavbek joriy mavsumda "CHelsi"ning mavjud 7 ta o'yinidan 5 tasini o'tkazib yubordi.

Kante London klubida ancha mashhur, shuning uchun ular u bilan shartnomani uzaytirishni istashadi. Futbolchi ham bu jamoada o'ynayoyotganidan juda xursand – N'Golo faoliyatini "CHelsi"da yakunlashga tayyor. Ammo buning uchun tomonlar shartnoma bo'yicha muzokaralar olib borishda murosa topishlari kerak bo'ladi.

Qayd etilishicha, Angliyaning ikki klubi, shuningdek, Ispaniya, Germaniya va Franciya jamoalari tayanch yarim himoyachisi atrofidagi vaziyatni kuzatib borishmoqda.

Kante "CHelsi"da 2016 yildan beri o'ynab kelmoqda. Klub bilan u APL, CHempionlar Ligasi, Evropa Ligasi, Evropa Superkubogi, Angliya Kubogi va klublar o'rtasidagi JCHda g'olib chiqqan.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика