"CHelsi" Batshuayi bilan shartnomani uzaytirdi va uni ijaraga berib yubordi
18 avg 2021 19:34
Yangiliklar
"CHelsi" Batshuayi bilan shartnomani uzaytirdi va uni ijaraga berib yubordi
"CHelsi" hujumchisi Mishi Batshuayi yana ijaraga berildi.
Belgiyalik futbolchi joriy mavsumni "Beshiktosh"da o'tkazadi.
Transferdan oldin "aristokratlar" 27 yoshli futbolchi bilan amaldagi shartnomani 2023 yilgacha uzaytirdilar.
Ushbu transfer 2016 yilda "Marsel"dan "CHelsi"ga o'tganidan so'ng, Batshuayining beshinchisi hisoblanadi. Undan oldin u "Borussiya Dortmund", "Valensiya" va ikki marta "Kristal Pelas"ga yuborilgandi.
Fikrlar