"CHelsi" 2 yildan buyon tarkibda o'ynamayotgan futbolchi bilan shartnomani uzaytirdi
26 iyu 2020 19:33
Yangiliklar


"CHelsi" 2 yildan buyon tarkibda o'ynamayotgan futbolchi bilan shartnomani uzaytirdi
"CHelsi" o'z rasmiy saytida yarim himoyachi Marko van Ginkel bilan shartnoma uzaytirilganligini malum qildi.
"Aristokratlar" 27 yoshli futbolchi bilan shartnomani 1 yilga uzaytirdi. 2013 yilning yozida "CHelsi"ga o'tgan futbolchi jamoa sharafini atigi 4 o'yinda himoya qilgan. Turli vaqtlarda u "Milan", "Stok Siti" va PSV kabi klublarga ijaraga berilgan.
Xavbek jarohatlarga moyil bo'lib qolgani uchun 2 yildan buyon maydonga tushmayapti.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar