"CHarlton" "Bornmut"ni 19:0 hisobida yutishga vada berdi
28 apr 2015 11:11
Yangiliklar


"CHarlton" "Bornmut"ni 19:0 hisobida yutishga vada berdi
"CHarlton" "Bornmut"ning "Bolton" ustidan qozongan g'alabasiga (3:0) hazilomus javob qaytardi.
"Bornmut" deyarli Premer-ligaga chiqish vazifasini uddalab bo'ldi, ular 87 ochko bilan turnir jadvalining ikkinchi o'rnini egallab turibdi. Ammo nazariy jihatdan ularni "Midlsbro" ortda qoldirishi mumkin. Agar "Midlsbro" so'nggi turda g'alaba qozonsa, "Bormunt" mag'lub bo'lsa va o'rtadagi 19talik to'plar nisbati yo'q qilinsa "Midlsbro" Premer-liga jamoasiga aylanishi mumkin.
"Ular xuddi biz 19:0 hisobida yuta olmaydigandek xursand bo'lishmoqda. Ko'ramiz" - deyiladi "CHarlton" rasmiy "tvitteri"da.
Oldinroq "Uotford" 88 ochko bilan oliy liga yo'llanmasini naqd qilgan edi. 1890 yilda tashkil etilgan "Bornmut" o'z tarixida hozirgacha biror marta Premer-ligada ishtirok etmagan.

Fikrlar