So’nggi yangiliklar

01:00Расман: Шомуродовнинг рақобатчиси "Рома"дан кетди  1 00:46Расман: МЮ футболчиси Конте жамоасига ўтди  0 00:27Сергей Лушчан: "Қизил карточка, хатолар ва амалга оширилмаган пенальти барчаси яхшиликка"   9 23:48Камолиддин Тожиев: "Бугун бизнинг кунимиз эмас экан"  12 23:26Александр Хомяков: “Бугун байрам... ”  2 23:18Эрон. Остон Ўрунов мавсумдаги биринчи голини Ўткир Юсуповга урган учрашув якунланди  6 23:03Февзи Давлетов: “Мағлубиятга лойиқ эмасдик”  7 22:53Ўйиндан ўқ чиқди, "Арсенал"нинг 3 кунлик футболчиси 3 ҳафтага сафдан чиқди  2 22:30Ўзбекистон кубоги. "Пахтакор" - "Навбаҳор", Ибрагимов ва Чераннинг хатоси қимматга тушди  20 22:11Ўзбекистон Кубоги. "Андижон" - "Сурхон" 0:0 (пенальтилар серияси 5:4)  7 22:04Ўзбекистон кубоги. Бир киши кам бўлиб қолган "Навбаҳор" пенальтилар сериясида "Пахтакор"ни мағлуб этиб, финал йўлланмасини қўлга киритди  390 21:55Ўзбекистон кубоги. "Андижон" тарихий оқшомда "Сурхон"ни мағлуб этиб финалга чипта қўлга киритди  50 21:34БАА. ОЧЛ амалдаги ғолибига қарши ўйинда Ғаниев жамоасидан супер камбэк!  0 21:10"Челси" ҳужумчиси рекорд суммага сотилади  1 19:48Расман: Англия терма жамоаси дарвозабони "Саутгемптон"га ўтди  4

"Championat.asia"da yangi rukn: Bir klub tarixi. "Dortmund vulqoni" Yangiliklar

"Championat.asia"da yangi rukn: Bir klub tarixi. "Dortmund vulqoni"

Germaniya zaminining g'arbiy tomonida mo'jizaviy bir shahar mavjud.

Aholisi sport, hususan futbolni hayotining bir bo'lagi deb biladi va o'z suyuklilarini har qanday vaziyatda yolg'iz qoldirishmaydi. Dortmund shahrining faxri, g'ururi va iftixori bu – "Borrusiya D" klubidir.


Siz qaysidir yumush yoki sayohat bahonasida "uik-end"da shaharga tashrif buyursangiz g'alaba sari odimlayotgan muxlislarga ko'zingiz tushishi va futbol mavzusida suhbat qurayotgan insonlarni uchratishinigiz mumkin.

Dortmundliklarning qalbidagi orzulari chechak otgan, g'alaba qo'shiqlari kuylangan, alam ko'z yoshlariga guvoh bo'lgan maskani "Signal Iduna Park" hisoblanadi.

Mazkur kichik hikoyamiz orqali "Borrusiya D" jamoasi haqida suhbat quramiz.


Klub tarixi

Germaniyaning bir necha karra chempioni, kubogi sohibi, Evropa chempionlar ligasi g'olibi va kubok egalari kubogi egasi bo'lgan klub 1909 yil 19 dekabrda tashkil topgan. Ko'hna qitada o'sha vaqtlarda futbol ham boshqa sohalar kabi sekin-asta yuksalish davrida edi.


Klub garchi XX-asrning boshlarida tashkil topgan bo'lsa ham, birinchi sovrinini 1956 yilga kelibgina qo'lga kiritgan. Aynan o'sha yili chempionlik shohsupasiga ko'tarildi va bunda o'sha vaqtlardagi klub prezidenti Verner Vilmsning hissasi ko'p bo'ldi. Ular ketma-ket ikki yil mamlakat chempioniga aylanishdi. 1962/63 yil mavsumidagi g'alabani hisobga olmasa dortmundliklar chempionlik tantanasini roppa-rosa 31 yil kutishlariga to'g'ri keldi. 1994/95 yilga kelibgina yana bir bor chempionlikka Ottmar Xitcfeld boshchiligida erishildi.


1997 yilgi mavsumda esa Evropa chempionlar ligasi finalida o'sha paytdagi mashxur murabbiy Marchelo Lippi boshchiligidagi "Yuventus" klubini tor-mor keltirib qitaning eng kuchli klubi ekanliklarini isbotlashdi.

Klub yutuqlari:
Germaniya chempioni: (8 marta)
1956, 1957, 1963, 1995, 1996, 2002, 2011, 2012 yillardagi mavsum.
Germaniya kubogi sohibi: (4 marta)
1965, 1989, 2012, 2017 yillardagi mavsum.
Germaniya superkubogi sohibi: (6 marta)
1989, 1995, 1996, 2013, 2014, 2019 yillardagi mavsum.
Evropa chempionlar ligasi g'olibi: (1 marta)
1997 yildagi mavsum.
Evropa kubok egalari kubogi: (1 marta)
1966 yildagi mavsum.
Qitalararo kubok sohibi: (1 marta)
1997 yildagi mavsum.

"Borussiya D"ning 1994-1995 yilgi mavsumdagi tarkibi



Xitcfeldning yurtiga qaytishi va uzoq kutilgan g'alabalar

90 yillar oxiri klub uchun ancha omadli keldi. Bunga misol tariqasida uzoq kutilgan chempionlik, qita miqyosidagi g'alabalar va nemischa hisob-kitoblarga asoslangan hujumkor jamoaning shakllanishini keltirishimiz mumkin.


Klub prezidenti Gerd Nibaumning to'g'ri olib borgan siyosati negizida nafaqat mamlakatda, balki Evropa miqyosida grand klub shakllantirildi. 1991 yilgi mavsumda jamoa bosh murabbiyligiga endigina SHveycariyadan yurtiga qaytgan Ottmar Xitcfeld tayinlandi. "Grassxopper"dagi ikki yillik faoliyatidan so'ng murabbiyning oldida raqobatbardosh jamoa tuzish vazifasi turardi. Qolaversa, Dortmund ahli g'alabalar nashidasini sog'ingan va chempionlik sururini unutayozishgan edi.

Xitcfeldning klubdagi dastlabki ishi Bundesligada yorqin hujumkor jamoani tuzishdan iborat edi. Murabbiy bunda "kadrlar siyosatiga"ga jiddiy etibor qaratdi. Darvozaga Bundesligada unchalik tanilmagan SHtefan Klosni tanladi. Himoya qo'rg'onida Mattias Zammer, SHtefen Royter. Yarim himoyada Andreas Myuller, Karl-Xaync Ridle, SHtefen Froyd va Mixael Cork. Hujumda esa shveycariyalik forvard Stefan SHapyuza kabi futbolchilar jamoaning asosini tashkil etishdi.

G'alabalar uzoq kuttirmadi. 1992 yil mavsumda klub Germaniya vice-chempioni bo'ldi, oradan ikki mavsum o'tib uzoq kutilgan chempionlik nishonlandi. Undan tashqari, 1995-96 yilgi mavsumda mamlakat superkubogida zafar quchildi. O'sha mavsumda klub himoyachisi Mattias Zammer "Oltin to'p"ga ega chiqdi. Ottmar Xitcfeldning klubdagi etti yilik boshqaruvi davridagi eng yaxshi natijasi esa 1997 yilgi mavsumda UEFA chempionlar ligasidagi g'alabasi bo'ldi.


1997 yil 28 may oqshomida Myunxenning "Olimpiashtadion"idagi final dortmundliklarning hozircha yagona bo'lib turgan va eng yirik yutuqlaridan bo'lib tarix zarvaraqlariga bitildi. Final bahsida M.Lippi qo'l ostidagi "Yuventus" mag'lub etildi. Karl-Xaync Ridlening dubli va Lars Rikkenlarning zarbalariga raqib kiperi Anjelo Perucci chora topa olmadi. A.Del Peroning goli esa turinliklarga yupanch vazifasini o'tadi holos. O'yin tugashi bilan Myunxen ko'chalari sariq rangga burkandi va shahar aholisi "Borrusiya D" muxlislarining qo'shiqlari-yu, xayqiriqlari ila tong ottirishdi.


Xuddi o'sha yili Tokioda bo'lib o'tgan Qitalararo kubokda zafar quchishdi. Final bahsida Braziliyaning "Kruzeyro" jamoasini mag'lub etib klub muzeyini yana bir eksponat bilan boyitishdi.

CHempionlar ligasida g'alaba qozonilgan 1997 yilgi mavsum.



Murabbiylar almashinuvi hamda "Yangi yaratilgan tarix"

2001/02 mavsumda klub oltinchi bor Bundesliga g'olibiga aylandi. Bunda murabbiylar Mattias Zammer hamda Udo Latteklarning hissasi katta edi. Oradan bir yil o'tib esa jamoa UEFA kubogi finaliga qadar etib bordi. Rotterdamda bo'lib o'tgan hal qiluvchi bahsda "Feyenoord"ga mag'lub bo'lishdi.

SHundan so'ng klubda o'sish biroz pasaydi. Ketma-ket murabbiylar almashinuvi jamoaviy o'yinga salbiy tasir o'tkazdi va klub Bundesliganing o'rtamiyona jamoasiga aylanib qoldi. O'sha davrlarda bosh murabbiy lavozimida faoliyat olib borgan Nevio Skala, Mixael Skibbe, Branko Zebec, Bert van Marveyklar klub bilan aytarli yutuqlarga erisha olmadi.

2008 yil jamoa boshqaruviga Yurgen Klopp olib kelindi. Mayncda etti yil faoliyat olib borgan murabbiy Dortmund klubini yana Bundesligadagi raqobatdosh jamoaga aylantira oldi. Klopp davrida klub ikki marta mamlakat chempioni va superkubogi sohibi, Germaniya kubogi egasiga aylandi. 2013 yigi mavsumda UEFA CHempionlar ligasi finaliga qadar etib bordi.

2015 yilgi mavsumda Tomas Tuxel jamoaga bosh murabbiy etib tayinlandi. Tuxel davrida klub Germaniya kubogi va superkubogida zafar quchdi. Ammo Bundesliga va "Der-Klasiker"da "Bavariya" qarshiligini sindira olmadi.

Bugungi kunda "sariq-qoralar" boshqaruv rolida Lyusen Favr faoliyat olib bormoqda. 2018/19 mavsumda Bundesligada ikkinchi o'rinni egallagan jamoa bu yilgi mavsum startini biroz sust boshladi. Dortmundliklar 12 tur natijalariga ko'ra jadvalning ekvatoridan joy olgan. Ammo, peshqadam "Borussiya M" bilan oradagi farq bor yo'g'i 4 ochko.



"Signal Iduna Park"

Mehr, sodiqlik, ishonch va orzu – dortmundliklarni "Signal Iduna Park"ga etaklaydi. 81359 ming muxlisni o'z bag'riga sig'diradigan stadion o'yin arafasida hamisha to'lib-toshadi.

1971 yilda qurilishi boshlangan stadion 1974 yil bo'lib o'tgan Jahon chempionati arafasida foydalanishga topshirilgan va bugungi kunga qadar klubning uy stadioni hisoblanadi. Mazkur o'yingoh 2005 yilga qadar "Vestfalenshtadion" nomi bilan atalgan. 2001 yilda UEFA kubogi finaliga mezbonlik qilgan. 2006 yili Germaniya yashil maydonlaridagi mundial arafasida stadion zamonaviy rekonstrukciya qilindi. 2005 yil 1 yanvardan klub mashxur nemis sug'urta kompaniyasi "Signal Iduna" bilan 20 mln. evrolik shartnoma imzolaydi. Unga ko'ra, stadion 2021 yilgacha kompaniya nomi bilan atalishi belgilangan.



"Borrusiya D" klubini ko'pchilik vulqonga o'xshatishadi. CHunki o'rtamiyona bo'lib yurgan klub birdaniga katta yutuqlarga erishadi va yana bir muddat "uyquga" ketadi. Muxlislari esa klubni hech qachon yolg'izlatib qo'yishmaydi va hamisha ardoqlashadi. Yurtimizda ham mazkur jamoaning muxlislari etarlicha topiladi hamda muvaffaqiyatlariga doimo sherik bo'lishadi.

Etiboringiz uchun rahmat!

Farruh Doniyorov

Reyting: +21   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика