So’nggi yangiliklar

15:44"Манчестер Сити" португалиялик дарвозабоннинг товон пулини тўлашга тайёр  0 15:17Рафаэль Надаль: "Жотанинг оиласига ҳамдардман"  2 14:56"Қизилқум" Ғузорда "Шўртан"дан устун келган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 14:38Уильямс трансферига нуқта қўйилди – футболчи "Атлетик"да қолади  2 14:09Халқаро турнир. Ўзбекистон U-16 терма жамоаси Кореяга мағлуб бўлди  7 13:55"Арсенал" Жотанинг вафоти муносабати билан ҳамдардлик билдирди  1 13:31Буюк Британия бош вазири Диогу Жотанинг ўлими ҳақида фикр билдирди  0 13:04Озарбайжон президенти: "Ўзбекистон термасининг ЖЧга чиққани тасодиф эмас"  4 12:37"Футбол олами". "Динамо" яна ўз уйида ютқазди, "Навбаҳор" ва "Пахтакор" Кубокда чорак финалга чиқди  0 12:29Расман: Сардор Раҳмонов – "Сўғдиёна" футболчиси!   7 12:13Расман: Жасур Жалолиддинов — "Сўғдиёна" футболчиси  22 12:01"Нефтчи" ёзги трансферлар ойнасидаги илк юришини амалга оширди   11 11:15Факт: "Қўқон-1912" Жиззахда ҳали ғалаба қозонмаган   0 10:50Нико Уильямснинг “Барселона“га трансфери барбод бўлишга яқин  26 10:21МЮ “Интер“ футболчисини 40 миллион еврога сотиб олиши мумкин  4

Ceytlin nega AGMK futbolchisini chetlatgani oydinlashdi Yangiliklar

Ceytlin nega AGMK futbolchisini chetlatgani oydinlashdi

Superliganing qoldirilgan 14-tur doirasidagi AGMK - "Paxtakor" uchrashuvida ko'pchilikning etiroziga sabab bo'lgan vaziyat bo'yicha oydinlik kiritildi.

Gap shundaki, uchrashuvning 52-daqiqasida "Paxtakor" hujum qilayotgan vaziyatda AGMK futbolchisi Muzaffar Muzaffarov jarima maydonchasi atrofida to'pni to'xtatdi. Hakam esa bu vaziyatda xushtagini chaldi va Muzaffarovga sariq kartochka ko'rsatdi. Bunga qadar esa Muzaffar Muzaffarov 26-daqiqada ham hakam tomonidan ogohlantirilgandi. Ko'pchilik bu vaziyatda Ceytlin Muzaffarov to'pni qo'li bilan o'ynadi deb hisoblaganini taxmin qildi va qo'pol xatoga yo'l qo'ygani aytildi. CHunki Muzaffarov to'pni qo'li bilan o'ynamagandi. Ceytlin esa vaziyatda yaqin turgandi va hech ikkilanishsiz futbolchiga ikkinchi sariq kartochkani ko'rsatib, uni maydondan chetlatdi.

Aslida esa Ceytlin Muzaffarovni to'pni qo'li bilan o'ynamaganini ko'rgan va boshqa qoida buzilishini aniqlagan. Yani, Muzaffarov o'sha vaziyatda to'pni qabul qilayotgan "Paxtakor" azosi Masharipovni ortida turib, "YA, propusti" (Men, to'pni o'tkazvor, ) degan "podskazka". Bu esa futboldagi halol o'yin qoidalariga zid. Yani, raqib futbolchisini bila turib aldab, undan to'pni olib qo'yish qoidaga xilof sanaladi. Bu vaziyatda qoida bo'yicha hakam haq. Ceytlin aynan shu narsani ko'rib, eshitib Muzaffarovni chetlatgan.

Buni esa tabiiyki o'yinni stadiondan yoki televizor orqali ko'rgan ishqibozlar payqamaydi. CHunki to'pni to'xtatgan va keyinchalik jarima belginalib, ogohlantirilgan futbolchini ko'pchilik hakam to'pni qo'li bilan o'ynadi deb hisobladi deya o'ylaydi. Aslida esa Ceytlin bu vaziyatda boshqa qoidabuzarlikni qayd etgani oydinlashdi. Buni bizga uchrashuv rasmiylari malum qilishdi.

Biz esa ikkinchi taraf bilan, yani maydondan chetlatilgan Muzaffar Muzaffarov bilan bog'landik. AGMK futbolchisi vaziyatni shunday tasvirladi:

- "Men jamoadoshimga "szadi, ya" deb "podskazka" bergandim. Hakam buni raqib futbolchisiga aytdim deb o'yladi. Men bu vaziyatda o'z jamoadoshimni nazarda tutgandim. Hakam esa menga ishonmadi va shunday qarorga keldi", - deya fikr bildirdi Muzaffar Muzaffarov.

SHahboz Beg'amov suhbatlashdi.

Reyting: -201   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика