So’nggi yangiliklar

15:55Ўзбекистон футбол ассоциацияси Эрон терма жамоаси собиқ устозига жиддий қизиқмоқда  3 15:20"Валенсия" Винисиус ҳақидаги ҳужжатли фильм туфайли Netflix'ни судга берди  4 14:57ФИФА ЖЧ-2026 саралашида иштирок этаётган терма жамоага техник мағлубият ёзди  0 14:30Кападзе ФИФА кунларида терма жамоа бошқарувида бўлади  14 14:02Ротация режалаштирилган. "Реал" "Қайрат"га қарши ўйинда майдонга тушириши мумкин бўлган футболчилар маълум  5 13:39"Милан" ва "Интер" "Сан Сиро"ни бузади  0 13:17"Машъал" "Бухоро" билан ўйиндан олдин 2 нафар йўқотишга эга  3 12:57Аҳрор Рисқуллаев Суперлигада юбилей ўйинини бошқарди  4 12:34Уругвайнинг асосий футболчилари Ўзбекистонга қарши баҳсни ўтказиб юбориши мумкин  3 11:45"Насаф" "Ал Ҳилол"га кичик ҳисобда мағлуб бўлган учрашувдан галерея  5 11:20Игорь Сергеев: "Илк дақиқалардан вақт чўзиш ҳолати кузатилди, муҳими ғалаба қозондик"   0 10:48"Арсенал" асосий футболчиси билан узоқ муддатли шартнома имзолади  0 10:22Клопп Осиё жамоасини бошқариши мумкин  1 09:55Хави МЮни бошқаришга рози  8 09:27Sofascore. Ҳамробеков жамоадошлари орасида энг яхши баҳолардан бирига лойиқ кўрилди  1

Sanjar Tursunov: "Qo'qon-1912"ga urgan golim faoliyatimdagi eng chiroylisi" Yangiliklar

Sanjar Tursunov: "Qo'qon-1912"ga urgan golim faoliyatimdagi eng chiroylisi"

Coca Cola Superligada dadil odimlayotgan AGMK jamoasining navbatdagi qurboni "Qo'qon-1912" bo'ldi desak adashmagan bo'lamiz.

Mazkur uchrashuvda 2:1 hisobida g'alaba qozongan Mirjalol Qosimov shogirdlari raqib darozasiga bir-biridan chiroyli gollarni urishdi. Ayniqsa, Sanjar Tursunov tomonidan urilgan gol nafaqat turning, balki, joriy mavsumning ham bezagiga aylandi.  Xo'sh bu borada uning o'zi nima deydi?

"Qo'qon-1912" biz bilan o'yinni juda yaxshi boshladi. To'g'ri aytdingiz raqib safidagi futbolchilar jismoniy jihatdan tayyor ekan. Optimal sport formasidaligi sezilib turdi. SHu vaqtgacha o'ynagan jamoalarimiz ichida o'yin sifati bo'yicha, maydonda kurash olib borish borasida "Qo'qon-1912" jamoasi yaqqol ajralib turdi. Murabbiyning imzosi ko'rinib turibdi. Boz ustiga ilk daqiqalardan besh nafar himoyachi bilan harakatlanganligi uchun gol ura olmadik.

Golimga keladigan bo'lsak, bu tavakkal berilgan zarba emasdi. To'pni qabul qilib olganimdan keyin tezda darvozabonga nigoh tashladim. Oldinga chiqib ketganidan foydalanib zarba berdim. 

Ha, qo'qonliklar darvozasiga urgan golimni faoliyatimdagi eng chiroylisi desa ham bo'ladi. Faoliyatim davomida ko'p ham to'p kiritmagan bo'lsamda bunisi eng zo'ri deya olaman. 

"Paxtakor" bilan yaxshi o'yin bo'lishiga ishonchim komil. Ular hozirda turnir jadvalida birinchi o'rinda ketmoqda. Raqibni nafaqat hujum chizig'i, balki, barcha chiziqlarida mahoratli va tajribali futbolchilar jamlangan. SHu bois bizga himoyalanishimiz ham, hujum qilishimiz ham oson bo'lmaydi. Muxlislar uchun g'alaba qozonishga borimizni beramiz",- deydi Sanjar Tursunov.



Abdulaziz Iskandarov yozib oldi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика