CAFAning birinchi xalqaro turniriga qanday qura tashlanadi?
24 apr 2023 20:58
Yangiliklar


CAFAning birinchi xalqaro turniriga qanday qura tashlanadi?
CAFA milliy terma jamoalar ishtirokidagi birinchi xalqaro turnir va unga qura tashlash mexanizmi haqidagi malumotlarni elon qildi.
Unga ko'ra, qura tashlash marosimi 26-aprel kuni o'tkaziladi. Musobaqada jami 7ta terma jamoa ishtirok etadi (Ummon terma jamoasi mehmon jamoa sifatida taklif etilgan).
Jamoalar FIFA reytingi asosida 4ta savatchaga ajratildi. O'zbekiston milliy terma jamoasi 1-savatchadan o'rin oldi.
1-savatcha
Eron
O'zbekiston (“A” guruhi mezboni)
2-savatcha
Qirg'iz Respublikasi (“B” guruhi mezboni)
Tojikiston
3-savatcha
Turkmaniston
Afg'oniston
4-savatcha
Ummon
O’xshash yangiliklar

Fikrlar