CAFA'ga yangi prezident saylandi va tashkilot shtab-kvartirasi endi Toshkentda bo'lmaydi
24 apr 2019 15:21
Yangiliklar


CAFA'ga yangi prezident saylandi va tashkilot shtab-kvartirasi endi Toshkentda bo'lmaydi
Bugun Dushanbe shahrida Markaziy Osiyo Futbol Associaciyasining navbatdagi Kongressi bo'lib o'tdi.
«Xayatt Rejensi Dushanbe» mehmonxonasida o'tgan Kongressda Tojikiston futbol Federaciyasi prezidenti Rustam Emomali CAFA (Central Asian Football Association) yangi prezidenti etib saylandi.
Bundan tashqari Kongressda Qirg'iziston futbol Federaciyasi vice-prezidenti Dastanbek Konokbaev CAFA birinchi vice-prezidenti etib saylandi. Turkmaniston futbol Federaciyasi bosh kotibi Arslan Aynazarov CAFA vice-prezidentiga aylandi.
Markaziy Osiyo futbol Associaciyasi SHtab-kvartirasi Toshkent shahridan Dushanbega ko'chib o'tadi.
2014 yil iyun oyida tashkil topgan CAFA olti davlat futbol Associaciyasini birlashtirib turadi: Afg'oniston, Eron, Qirg'iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O'zbekiston.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar