O'zbekistonlik ayol hakamlar CAFA turnirida ish olib bormoqda
11 fev 2025 16:21
Yangiliklar
O'zbekistonlik ayol hakamlar CAFA turnirida ish olib bormoqda
Xabaringiz bor, Tojikistonning Dushanbe shahrida futzal bo'yicha ayollar o'rtasidagi CAFA turniri bo'lib o'tmoqda.
Ushbu musobaqada nafaqat terma jamoamiz, balki o'zbekistonlik hakamlar Edita Mirabidova va Nasibabonu Toshmuhammedova ham ishtirok etmoqda. Hakamlarimiz o'yinlarni boshqarib bormoqda.
Shuningdek, yana bir hamyurtimiz CAFA vakili Adelya Kuramaeva ham musobaqada ish olib bormoqda.
Malumot uchun, musobaqaning oxirgi bellashuvlari 16 fevral kuni bo'lib o'tadi.
Eslatib o'tamiz, ikki uchrashuvdan keyin O'zbekiston terma jamoasi 3-o'rinni egallab turibdi va etakchi Qirg'iz Respublikasi termasidan 1 ochkoga ortda qolmoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. Ламин Ямалнинг голи "Барселона"га меҳмонда "Атлетик"га қарши ўйинда ғалаба тақдим этди
ЛаЛига. "Реал Мадрид" меҳмонда "Сельта"ни қийинчилик билан мағлуб этди
“Ғалаба қозонишимизга ишончим комил”. Куртуа EЧЛда "Ман Сити"дан ўтиш учун "Реал"га нима кераклигини айтди
"Супер олтин тўп" 2029 йилда топширилиши мумкин
Fikrlar