CAFA U-14 Championship 2022. O'zbekiston Tojikistonga yirik hisobda yutqazdi
14 noy 2022 15:36
Yangiliklar


CAFA U-14 Championship 2022. O'zbekiston Tojikistonga yirik hisobda yutqazdi
O'zbekiston U-14 terma jamoasi "CAFA U-14 Championship 2022" musobaqasidagi 3-tur uchrashuvini tojikistonliklarga qarshi o'tkazishdi.
"Hisor" markaziy stadionida kechgan bahs Tojikistonning 4:0 hisobidagi yirik g'alabasi bilan yakunlandi.
Tojikiston – O'zbekiston 4:0
Hisor. "Hisor markaziy stadioni"
Gollar: Haydarsho Hudoydodov 42', David Maksudov 53', 73', Muhammad Nazriev 77'
O'zbekiston: Ibrohim SHokirov, Ahliddin Karimov, Mo'minjon SHuhratov, Kamoliddin Mamurjonov, Behruz Saidmurodov, Akobir Abruyov, Mo'minxon Bahodirxonov, Abdusamad Saidov, Muhammad Habibullaev, Sadriddin Hasanov, Nurbek Sarsenbaev
Malumot uchun, O'zbekiston ilk turda Turkmanistonni 8:1 hisobida engib, 2-turda Eronga 1:3 hisobida imkoniyatni boy bergan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar