So’nggi yangiliklar

20:27Назорат учрашуви. "Андижон" ва "Қизилқум" ўртасидаги ўйинда 4та гол урилди  0 20:08"Mirabror Usmanov Cup-2024". Ўзбекистон Қирғиз Республикаси билан баҳс олиб бормоқда (онлайн ҳисоб)  0 19:59"Фенербахче" "Севилья" билан Юссеф Эн-Несири трансфери бўйича келишувга эришди, аммо...  0 19:33РПЛ. "Локомотив" голларга бой учрашувда "Акрон"ни мағлубиятга учратди  1 19:12"Mirabror Usmanov Cup-2024". Ўзбекистон - Қирғиз Республикаси: Таркибимиз маълум  1 18:53Эшитдик-да! Рубин Хебай Ўзбекистон чемпионатига қайтмоқда  16 18:34Расман: Азизбек Амонов — "Нефтчи" аъзоси   6 18:00Футзал бўйича BMB CUP мусобақасида энг кучлилар тақдирланди   1 17:46"Реал Сосьедад" Испания ёшлар терма жамоаси аъзосини сотиб олади  1 17:21Эшитдик-да! Санжар Қувватов "Нефтчи"ни тарк этди, у Суперлиганинг бошқа бир грандига ўтади  23 16:56Эшитдик-да! "Навбаҳор" "Олимпик"нинг 2 футболчисига жиддий қизиқмоқда  6 16:33Фабрицио Романо: Калафьорининг "Арсенал"га трансфери яқин кунларда ҳал бўлади  2 16:05"Навбаҳор", "Пахтакор" собиқ футболчиси Вячеслав Понамарёв ҳозир қаерда?  9 15:39"Раҳмоналиевни "Рубин"га Леонид Слуцкий таклиф қилган". Умаралининг агенти унинг "Рубин"га ўтиши ва адаптацияси ҳақида  1 15:33"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 10 ёшли Амир Мельзиддинов  4

Madridda "Barselona" "Real"ni tor-mor keltirdi Yangiliklar

Madridda "Barselona" "Real"ni tor-mor keltirdi

Teglar :  BarselonaReal
Ispaniya primerosining 17-turi doirasida "El klasiko" nomi ostidagi "Real" - "Barselona" to'qnashuvida mehmonlar ishonchli va yirik g'alabani nishonladi.

Real Madrid

LaLiga . 17-tur

23/12/2017, 16:00

3
:
0
Tugadi

Barcelona

Luis Suarez - 54', Lionel Messi - 64', Aleix Vidal - 90'

Stadion: Estadio Santiago Bernabeu, 80737 tomoshabin

Bosh hakam: Jose Sanchez

45'
90'
59'  Sergio Ramos
63'  Daniel Carvajal
66'  Karim Benzema (Nacho Fernandez)
72'  Casemiro (Marco Asensio)
72'  Mateo Kovacic (Gareth Bale)
83'  Marcelo
18'  Thomas Vermaelen
54'  Luis Suarez
54'  Sergi Roberto
64'  Lionel Messi
77'  Andres Iniesta (Nelson Semedo)
84'  Paulinho (Andre Gomes)
88'  Sergio Busquets
90'  Sergi Roberto (Aleix Vidal)
90'  Aleix Vidal
90'  Lionel Messi

YANGILASH


La Liga, 17-tur.

Real Madrid – Barselona 0:3

«Santyago Bernabeu»

Gollar: Suares (54), Messi (64-penaltidan), Vidal (90)

Real 
– Navas, Varan, Marselo, Karvaxal, Ramos, Kovachich (Beyl, 72), Kazemiro (Asensio, 72), Modrich, Kroos, Benzema (Nacho, 66), Ronaldu.

Barselona 
– ter Stegen, Vermalen, Pike, Alba, Paulino (Andre Gomesh, 84), Serdji Roberto (Aleish Vidal, 90), Buskets, Rakitich, Inesta (Nelson Semedu, 77), Messi, Suares.

Ogohlantirishlar
: Vermalen (18), Ramos (59), Marselo (83), Buskets (88).

CHetlatish
: Karvaxal (63).


Uchrashuv sharhi:

- Demak o'yin boshlandi!

- Ayni paytda "championat.asia" sayti ofisida butun ijodiy guruh bilan ushbu fantastik bahsni kuzatib bormoqdamiz. Mehmonimiz TFF vice-prezidenti, sobiq "CA"chi Nodirxo'ja Yuldashev.

Tolibjon Qosimov "Real"ning dastlabki hujumi haqida: "MYUdan chiqqan shunqor bugun "Barselona"ni jazolaydi. "Real" yaxshi boshladi.

"Real" gol urdi, Ronaldu to'p muallifi. Lekin laynsmen bayroqchasi bilan offsayd qayd etdi.

"Real"ga befarq bo'lmagan La Ligaga ixtisoslashgan jurnalist Omonjon To'xtamirzaevga Ronalduning "aut" otishi, yani to'pni yon chiziqdan o'yinga kiritishi yoqmayapti.

Jasur Aslanov ancha jiddiy qiyofada uchrashuvni kuzatmoqda. "Barselona" esa xotirjam, shoshilmayapti. Turnir jadvalida ham ancha xotirjamlik kuzatilayotgani kataloniyaliklarning o'yiniga tasir qilayotganga o'xshaydi.

"Barselona" 8-daqiqada ilk pozicion hujumga o'tdi. Lekin ularning hujumi o'yindan tashqari tufayli nihoyasiga etmay qoldi.

11-daqiqa: Ronaldu juda qulay vaziyatni ko'kka sovurmoqda. Ronaldu to'pga zarba berish chog'ida adashdi.

Ha-ya, aytgancha, "Barselona" klasikoda klassik taktik sxemada o'ynamoqda: 4-4-2. "Real" esa 4-1-3-2 sxemasini tanlagan.

Jasur Aslanovning fikricha, "Barselona"ning baxtiga Benzema "Real"da o'ynaydi va bugun asosiy tarkibda.

Jahongir Sotivoldiev "Real"ning yirik g'alabasini taxmin qilmoqda. Ayni paytda maydonda "Real" hududiy ustunlikka ega.

"Real" tezkor hujumga o'tayotganda Vermalen Luka Modrichni qoidani buzgan holda to'xtatib qoldi. Kerakli paytda kerakli fol.

SHahboz Beg'amov: "Oliy ligani gapirishadi, La Liga uchrashuvlarini boshlanish vaqti ham mantiqqa to'g'ri kelmaydi. SHunday muhim o'yin ham mahalliy vaqt bilan soat 13:00da boshlanadimi?"

Grafik bo'yicha ayni paytda har ikkala jamoa futbolchilari tushlik qilishlari kerak. La Ligada tartib-intizom yo'q shekilli?

(c) SHahboz Beg'amov 

O'yin rostan ham juda zerikarli o'tmoqda hozircha.

Narzulla Saydullaevning aytishicha, "Everton" - "CHelsi" o'yini bundan qiziqroq bo'lsa kerak. "El klasiko"da esa gol bo'lmasligini taxmin qilmoqda Saydullaev.

O'zReportdagi ruscha sharh o'yindan ham zerikarli bo'layotganini takidlamoqda Jasur Aslanov.

Ofisda saytimizning ruscha tahririyati azosi Marat Aksanov hamkasbi Jasur Aslanov murojaat qilmoqda: "Messi qani?"

Qaymoqrangga burkangan Jahongir Sotvoldiev "Real"ning hujumlarini ehtiros bilan kuzatmoqda.

O'yin biroz jonlandi. Jamoalar navbati bilan hujumga o'tishmoqda. Messi faollashdi. Ronaldu raqib jarima maydonchasi ichida tinmayati. Benzema esa jamoasi hujumlarini "buzish" bilan band.

Madridda soat 13:45. Jamoalar kechikkan "tushlik"ka yo'l olishdi. 15 daqiqadan keyin esa ular bizga "desert"ni taqdim etishlariga ishonib qolamiz.

Hozircha tanaffus! Goldan esa darak yo'q.

Ikkinchi taym boshlandi!

Vingerlarsiz o'ynayotgan har ikkala jamoalarning qanotlari faol emas.

Taktik kurashda Zidanning o'ylab qo'ygan rejalari amalga oshadimi yoki Valverde ayyorroq chiqadimi? Kuzatamiz.

Birinchi bo'limda asosan "Real" o'yinni nazorat qilgandi. Tanaffusdan keyin o'yin tizgini "Barselona" qo'liga o'tmoqda.

Gol! Luis Suares! "Barselona"ning uchburchak hujumi golga aylandi!

"Barselona"dan ajoyib hujum! Buskets-Rakitich-Roberto "uchburchagi" tashkil etgan hujumni Luis Suares samarali yakunladi va birgina zarbasi bilan tablodagi hisobni ochilishiga sababchi bo'ldi.

"Real", Zidan endi hujumkor uslubga qaytishi shart. Buyog'iga boshqa chora yo'q. Aks holda chempionlik uchun kurash bugunoq rostan tugashi mumkin.

O'yin keskinlashmoqda, etirozlar, tortishuvlar boshlanmoqda. "Real" buyog'iga yanada agressiv o'yin ko'rsatadi. Aynan shu yo'l bilan ular "Barsa"ni izdan chiqarishga harakat qilishlari aniq. CHunki "Barselona" butun mavsumni bugungi o'yingidek juda xotirjamlik bilan o'tkazmoqda.

"Barselona"ning ajoyib kombinacion hujumi va Luis Suaresning goli telegramdagi kanalimizda chiqdi. Bemalol tomosha qilib, zavq olishingiz mumkin: VIDEO

"Barselona" "Real"ni istaganicha qiynamoqda! Ajoyib hujum, ketma-ket zarbalar... Darvoza ustuni, to'sini, Karvaxalning qo'li... va Qizil! Penalti!

Gol! Messi penaltidan hisobni 0:2ga etkazmoqda. 

"Barselona" bugun Madridda, "Santyago Bernabeu"da norasmiy chempionlikni nishonlashni rejalashtirib kelgan ko'rinadi.

Messi "El klasiko"da gol urish bo'yicha rekordni yangilamoqda. Avvalgi rekord ham o'ziga tegishli edi, bugun esa o'sha rekordini yana yangiladi. Penaltidan urilgan to'p Messining "Real"ga qarshi o'yinlardagi 25-goli sifatida qayd etildi.

SHahboz Beg'amov: "Barselona", to'pni chiqaraqol, Zidan o'zgarishlarini amalga oshirib olsin".

Jasur Aslanov Ronalduni qidirish bilan band.

Telegramdagi kanalimizda Messining goli ham chiqdi. Tomosha qilishingiz mumkin: VIDEO

FAKT: Ayni paytda "Barselona"ning maydondagi eng kam (6,8) ball olgan futbolchisi ham Ronaldudan (6,5) ko'proq ball olgan.

Lionel Messi Evropa milliy chempionatlarida bitta klubda gol urish borasida mutloq rekordchiga aylandi. Bugun Messi "Barselona" safidagi o'zining 526-golini urdi.

O'yin tugashiga sanoqli soniyalar qolganida "Barselona" "Santyago Bernabeu"dagi tablodagi hisobni yiriklashtirdi. "Real"ni uyaltirdi. Gol muallifi: Aleish Vidal.

O'yin tugadi!

"Barselona" Madridda "Real"ni tor-mor keltirdi!

Reyting: +126   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика