So’nggi yangiliklar

23:21Ўзбекистон U23 терма жамоаси Японияга қарши ўйин учун тайёргарликни давом эттирмоқда ГАЛЕРЕЯ  0 23:00Бельгия. "Антверпен" - "Сент-Жиллуаз". Ҳамюртимиз захирада  1 22:48"Хоразм" "Андижон" ҳимоячисини таркибига қўшиб олди  0 22:31Виктор Гёкереш Лондонга етиб борди  0 22:11"Сўғдиёна" ва "Шўртан" ўртоқлик учрашувида жанговар дуранг қайд этди  0 21:59"Мираброр Усмонов хотира турнири". Саудия Арабистони иккинчи ўйинда ҳам мағлуб бўлди  1 21:26"Хоразм" Аббос Отахоновни таркибига қўшиб олди  1 20:51Диёр Ортиқбоев: "Япониянинг бугунги ўйини бизга қизиқ эмас"  1 20:34Ўртоқлик ўйини. "Динамо" "Витебск"ни мағлубиятга учратди  2 20:12Антонио Конте Стерлингни "Наполи"да кўришни истамоқда  1 19:47"Андижон" тарихда илк бор ОЧЛ 2 да: тайёргарлик, қуръа ва учрашувлар санаси  12 19:23ПФЛ ОФКга мурожаат қилиб, халқаро талаблар ҳимоя қилинишини сўради   5 19:05"Юве" "Челси"нинг 68 млн евролик таклифини рад этди – Йилдиз сотилмайди  2 18:36"Бавария" Гарначога қизиқмоқда, футболчи АПЛда қолишни истамоқда  3 18:07"Барселона" Япония бўйлаб тур тақвимини эълон қилди  3

CA so'rovnomasi. Mourinoning davri o'tdimi? Yangiliklar

CA so'rovnomasi. Mourinoning davri o'tdimi?

"Roma" Joze Mourino qo'l ostida A seriyada 6-o'rinni egallab turibdi.

Rimliklar 12ta o'yindan 6tasida g'alaba qozonib, bir bor durang qayd etishdi va 5ta uchrashuvda mag'lubiyatga urashdi. To'plar nisbati 21-15. Jamoa 19 ochko to'plagan. 

"Roma" o'tgan tur "Veneciya"ga 2:3 hisobida imkoniyatni boy bergach, Telegram kanalimizga "Sizningcha, Mourinoning davri o'tdimi?" mazmunida so'rovnoma qo'ygandik. Bugun natijalarni elon qilamiz. 

O'tgan to'rt kun davomida so'rovnomada 9 mingdan ziyod o'quvchimiz ishtirok etib, 77 foizi "Ha" variantini belgilagan, 23 foiz ishtirokchi esa "Yo'q" degan variantda to'xtaldi. 


Albatta, bu so'rovnoma "Roma" faqat o'tgan tur mag'lub bo'lgani uchun kanalga qo'yilmadi. Balki rimliklarning oxirgi uchrashuvlarda bir tekis o'yin ko'rsata olmayotgani sabab bo'ldi. Xususan "Roma" oxirgi 7ta o'yindan faqat bittasida g'alaba qozondi. Jamoa safarda "Kalyari"ni mag'lub etib qaytdi. 

"Roma" 17 oktyabr kuni Turinda "Yuventus"ga mag'lub bo'lganidan keyin oradan 4 kun o'tib Norvegiyaga safar qildi va kutilmaganda "Bodo Glimt" degan jamoadan 1:6 hisobida mag'lubiyatga uchradi. Deyarli hech kimga tanish bo'lmagan klubdan bunday hisobda yutqazish albatta "Roma"ga va Mourinodek mashhur murabbiyga yarashmaydi. 

Balki bu tasodifdir dedik, lekin "Roma" javob o'yinida ham Norvegiya klubini enga olmadi. O'yin 2:2 hisobida tugadi. Javob bahsiga qadar Mourino shogirdlari uyda "Napoli" bilan 0:0 o'ynab, safarda "Kalyari"ni mag'lub etib qaytishgandi. Uyda esa "Milan"ga ham imkoniyat boy berildi. 

"Roma" o'z maydonida "Bodo Glimt" bilan durang qayd etgach, "Veneciya" maydonidan mag'lubiyat bilan qaytdi. Mourino OAVga bergan intervyusida chempionatni kuchli to'rtlikda yakunlash haqida gapirdi. Lekin bu oson bo'lmaydi. CHunki "Milan", "Inter", "Yuventus", "Napoli", "Atalanta", "Lacio" kabi klublar "Roma"ga qaraganda yaxshiroq o'yin namoyish etmoqda. 

Joze Mourinoning o'yin uslubi ehtimol 10 yillar muqaddam futbol olamida "portlash" bo'lgandir, lekin bugungi kunga kelib eskirib qolganga o'xshayapti. 

Siz bu borada qanday fikrdasiz?

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика