"CA" mag'lub bo'ldi, yirik hisobda!
24 iyu 2014 12:01
Yangiliklar
"CA" mag'lub bo'ldi, yirik hisobda!
Mag'lubiyatni ham tan olish mardning ishi. Ko'plab hamkasblarimiz musobaqani tark etgach, yozmay qo'yadilar.
JCH pand berdi. Soat 3:00gacha o'yin tomosha qilib, ertalab 8:00da futbol o'ynash qiyin ekan. Aslida ayb o'zimizda, hamma etakchilarni yig'ib olib, o'yinimiz ustida ishlamadik.
Ammo turnir etarlicha saviyada o'tmayapti. Musobaqadan avval faqatgina 10 nafar kishini ro'yxatdan o'tkazish kerakligini aytgan edilar. Biz shu qoiadaga amal qildik. Bunday qoidaga amal qilgan barcha jamoa bugun turnirni tark etdilar. Sababi har kuni bitta tarkib bilan issiqda futbol o'ynashni imkoni yo'q. Bu gaplar bahona emas, shunchaki tashkilotchilar ertaga bo'ladigan o'yinlardan boshlab, hech bo'lmasa qaydnomaga ko'z yugurtirib qo'ysalar bo'lar edi. Boshida 10 nafar ishtirokchi deyildimi, 10 nafar ishtirokchi o'ynasin.
Bevosita o'yinga kelsak, hisob 0:1 bo'lib turgan payda Behzod Nazarovga nisbatan jiddiy qo'pollik ishlatildi. Hattoki raqib futbolchisi buni anglagan holda o'yinni to'xtatdi va jarima zarbasi belgilanishi kerakligini takidlab turgan bir paytda, uchrashuvdagi yagona hakam bu holatga etibor qaratmadi qaradi. Uchrashuv hakamini tajribasiz deb aytamagan bo'lar edim, shunchaki OAV turniri, bular o'ynaydi ketadi deb, bir chekkadan turib o'yinni boshqardi. Turnir qanday maqomda bo'lmasin, unga masuliyat bilan yondoshish kerak. Qiziq holat esa ikkinchi bo'limda bo'ldi. Yana o'sha Behzod Nazarovga nisbatan qo'pollik. Ammo hakam o'yinni davom ettirdi. U yog'i, ti-tittttt... Ikki futbolchiga hakam qizil kartochka ko'rsatib, voqea joyidan chiqib ketdi. Uni o'rniga boshqa hakam kelib o'yinni davom ettirdi. Ana xolos, pishdi gilos. Haqiqatdan ham bu yil gilos g'arq pishdi.
SHu tariqa alamli, ammo o'yin borasida haqli ravishda musobaqani tark etdik. Boshqa jamoalardan farqli ravishda, bitta texnik hodimni inobatga olmaganda, turnirda saytimiz sharafini faqat va faqat jurnalistlar himoya qildi. Buning o'zi bir natija. Mazkur mag'lubiyatdan keyin murabbiy, Xayrullo Xoliqov istefoga chiqarildi.
"O'zA" jamoasiga keyingi o'yinda omad yor bo'lishini tilab qolamiz.
CHorak final natijalari
"SHarq" - "Sport" gazetasi 4:2
"MTRK" - "Xalq so'zi" 6:4
"CA" - "O'zA" 0:7
O'zMAA - O'zbekiston TV 5:2
Yarim final juftliklari bilan tanishing:
"SHarq" - "O'zA"
"MTRK" - O'zMAA

Fikrlar