So’nggi yangiliklar

02:00Конференциялар лигаси саралаши. Ҳусанов захирадан тушган ўйинда "Ланс"дан ғалаба, де Хеадан "омадсиз камбэк"  1 01:27Рафаэль Бенитес ўзи мураббийлик қилган энг яхши футболчи кимлигини айтди  4 01:06Саудия Арабистони. "Ал Насср" мавсумни дуранг билан бошлади  2 00:37"Лион" барча футболчиларини трансферга қўйди. Сабаби ҳам маълум  1 00:16Энрике Мбаппе ҳақидаги саволга жавоб беришни истамади: "Сизлар зерикарлисизлар"  2 23:50Харри Кейн: "Энди менда ҳам совринлар учун курашишга имкониятлар бор"  1 23:28Конференциялар лигаси саралаши. "Челси" ва "Ланс"нинг баҳс учун таркиблари маълум қилинди  2 23:20Гўзалликни қадрлайдиганлар учун! ЖЧ-2030 финали учун барпо қилинадиган стадионни кўрдингизми?  4 22:51Максим Шацких ёрилди: "Бу томорқада қандай қилиб футбол ўйнаш мумкин, билмайман"  48 22:22Хамес янги жамоаси билан шартнома имзолаш учун Мадридга учиб борди  2 21:59Февзи Давлетов: "Пахтакор" билан ўйин учун футболчиларни руҳан тайёрлаш шарт эмас"  13 21:19Суперлига. "Пахтакор" - "Сурхон" 0:1  12 21:08Асрор Алиқулов: "Бугунги ўйинда асосан тезкорлик ва жараённинг боришига қараб қарши ҳужумни мақсад қилгандик"  1 21:05Фарҳод Нишонов: "Вазиятларни муваффақиятли якунлайдиган футболчилар етишмаяпти"  1 21:04Суперлига. "Сурхон" 30 йилдан кейин яна "Пахтакор"ни Тошкентда мағлубиятга учратди!   99

"CA" kundaligi: Toshkent-Astana-Dubay yo'nalishi yoxud "CA" "trio"sidan antiqa vada Yangiliklar

"CA" kundaligi: Toshkent-Astana-Dubay yo'nalishi yoxud "CA" "trio"sidan antiqa vada

Ha, aynan mazkur yo'nalish orqali Osiyo Kubogi o'tayotgan BAA mamlakatiga tashrif buyurdik.

Kecha kechqurun Toshkent vaqti bilan soat 23:50da poytaxt xalqaro aeroportidan Qozog'istonning Astana shahriga yo'l oldik. Bir yarim soatdan sal oshiqroq vaqt mobaynida havo kemasidagi parvozdan so'ng Qozog'iston poytaxtiga etib keldik. Mahalliy vaqt bilan chamasi 01:30da qo'ngan samolyotdan tushib, kutish zalida soat 15:00ga qadar Dubayga jo'naydigan reysni intizorlik bilan rosa kutdik. Astanada esa haqiqiy qish qahratoni hukm surmoqda. Havo harorati sovuq 14 gradus.

Astana aeroportida tranzit orqali uchadigan yo'lovchilar uchun maxsus katta kutish zalida yaxshi sharoitlar yaratilgan. O'tiradigan joy, yotib kutadigan maxsus qulay o'rindiq. Bundan tashqari soatiga 6 AQSH dollarlik "Capsula" nomli mo'jazgina mehmonxona ham aeroport ichida joylashgan. SHu tariqa Astana aeroporti ichida 13 soat Dubayga ketadigan reysni kutdik. Bu orada kimdir malum vaqt mizg'ib oldi, suhbat qizidi, aeroportda aylanildi. Tunda kelgan yo'lovchilarga o'sha paytda eng keraklisi uyqu edi.

Lekin tinib tinchimagan Narzulla Saydullaev va Xayrulla Xoliqov Astana aeroportidagi kutish zalida ham saytimiz o'quvchilari uchun xabarlar tayyorlashga kirishib ketishdi. Zoir Tursunboev esa yo'l-yo'lakay qo'lida sumkalar bo'lishiga qaramasdan bu vaziyatlarni tasmaga muhrlash bilan band bo'ldi. Operatorimiz olgan kutilmagan kadrlar jamlangan va video-kundalikning dastlabki sonini tez orada tomosha qilishingiz mumkin bo'ladi.


SHu tariqa Dubayga uchadigan reys vaqti ham bo'lib qoldi. "Air Astana"ning "Airbus 321" havo kemasida 5 soatlik parvozdan so'ng qish qahratoni hukm surayotgan mamlakatdan Osiyo Kubogi o'tayotgan issiq o'lka Dubay shahriga uchib keldik. To'g'risi, samolyotdan tushish bilanoq birinchi etiborimizni qaratgan jihat shaharda Osiyo Kubogi havosi ufurib turibdimi yoki yo'q, degan savolga javob izlash bo'ldi. Hali saytimiz xodimi Jasur Aslanov yozgan kundalikda aytilganidek, shaharda musobaqa nafasi ko'p ham sezilib turgani yo'q.

Aeroportdan to'g'ri metro orqali o'zimiz uchun ajratilgan  mehmonxonaga ("Atana") yo'l oldik. SHaharda, aeroportda yoki metroda ham birorta "#AsianCup2019"ga atalgan reklama yoki bannerga ko'zimiz tushmadi. Bizdan bir kun avval Dubayga tashrif buyurgan hamkasblarimizning aytishlaricha, Osiyo Kubogi muhitini faqat stadion atrofida yoki ichida chinakamiga sezish mumkin. Ammo shaharda Osiyo Kubogiga alohida etiborni uchratmasligingiz haqiqatga yaqinroq. Qatar, Avstraliyada o'tgan Osiyo Kubogida ishtirok etgan va Qatardagi yoshlar o'rtasidagi qita chempionatida qatnashgan saytimiz vakillarining aytishicha, BAAdagi tashkiliy ishlar raqobatda avvalgi chempionatlarga yutqazadi.

Hozircha ko'cha-ko'yda Osiyo Kubogi atmosferasini chinakamiga his etishning imkoni yo'q. Lekin ertaga ishga kirishib, barchasini o'z ko'zimiz bilan ko'rish imkoniyatiga ega bo'lamiz.

Muhimi, mazkur qita chempionatining ichkaridagi iliq kayfiyati va muhitini biz Siz aziz muxlislarga etkazishga harakat qilamiz.

Tushunishimcha, bu erda Osiyo Kubogiga muxlislarni jalb etish ishlari u qadar mukammal ishlanmagan. Lekin futbolga befarq bo'lmagan muxlislar uchun alohida tashkil etilgan maxsus fan-zonada ishqibozlar musobaqa shukuhini sezish imkoniyatiga ega bo'lishlari mumkin.

Biz uchun asosiysi, o'zbek futboli muxlislariga Osiyo Kubogidagi tafsilotlar va musobaqa atrofidagi muhitni his etishlari uchun saytimiz orqali "sharoit" yaratib berish. Buning uchun bizga eng katta va muhim ko'makchi rolida MTJ bo'lishi shubhasiz. CHunki O'zbekiston terma jamoasining o'yini va natijasi bizning va o'zbek futboli ishqibozlarining kayfiyatiga bevosita qiladi. Aynan MTJ natijasiga ko'p narsa bog'liq.

Aytgancha, Astana aeroportidagi kutish zalida suhbat davomida bir qiziq taklif o'rtaga tashlandi. Agarda O'zbekiston terma jamoasi Xudo xohlasa Osiyo chempioniga aylangudek bo'lsa, unda saytimizning ikki nafar vakili - Narzulla Saydullaev va Xayrulla Xoliqov men bilan birgalikda sochlarini tag-tugi bilan oldirib tashlashga, yani terma jamoamiz chempionligi uchun kal bo'lishga tayyorligimizni bildirib, shunga kelishib oldik. Xudo xohlasa qish faslining fevral oyida "CA" sayti xodimlari - SHahboz Beg'amov, Xayrulla Xoliqov va Narzulla Saydullaev o'z imijlarini yangilashlari mumkin :-)



SHu tariqa kecha boshlangan va chamasi 20 soatga cho'zilgan uzoq parvozdan so'ng "CA" ijodiy jamoasining asosiy tarkibi BAAda "ko'kardi". Bunga qadar Jasur Aslanov va boshliq G'ayrat Xasbiulin Dubayga kelishgandi. Ertaga, yanayam aniqrog'i bugun esa "CA" xodimlarining ustozlari, biz uchun faxriyga aylangan jurnalistlar - Nodirxo'ja Yuldashev va Kamoliddin Alimov to'g'ridan-to'g'ri SHarja shahriga parvoz qilishlari kutilmoqda.

Ertaga esa Toshkent-Astana-Dubay yo'nalishiga SHarja bekati ko'shiladi. Barcha jurnalistlar terma jamoamizning ilk uchrashuvi o'tadigan SHarja shahriga yo'l olishadi. SHarjada o'yinoldi rasmiy mashg'ulot va har ikkala terma jamoalarning bosh murabbiylari ishtirokidagi matbuot anjumani o'tkaziladi.

Undan tashqari media-markazdan charchoq alomatlari chiqishga ulgurmasidanoq Siz aziz muxlislar uchun "qaynoq" yangiliklar, maqolalarni etkazishga urinamiz. Nafaqat maqolalar, balki video orqali qiziqarli malumotlar, tahliliy ko'rsatuv va kundalik dasturlari efirga uzatilishi ham rejamizdan o'rin olgan. Sizlardan talab etiladigani, yaqin bir oy davomida saytimizga yanada muqim o'rnashib oling va imkoni bo'lsa megabayt hajmini biroz ko'paytirib turing. O'zbekiston terma jamoasi ishtirok etadigan qitadagi eng muhim musobaqa bunga arziydi, chamamda.

Saytimizning "Telegram", "YouTube", "Twitter", "Facebook" va "Instagram"dagi sahifalariga obuna bo'lishni unutmang! Aynan ijtimoiy tarmoqlarimiz orqali ham qisqa hamda qiziqarli videolar, jonli efirlar va tahliliy ko'rsatuvlarni sizlarga havola etishni rejalashtirib turibmiz.

Hozircha tassurot va tafsilotlar shulardan iborat. Buyog'iga har kuni saytimiz orqali kundalik dasturlari berib boriladi. Ochig'i, men kundalik yozishni unchalik xush ko'rmayman. Bu ishni mendanda yaxshi uddalaydganlar ko'p. Ertaga kundalik yozishni boshqa hamkasbim o'z zimmasiga oladi. Ketgan vaqtingiz va sarflagan megabaytingiz uchun rozi bo'lasiz.


SHahboz Beg'amov - "Telegram" kanal"Instagram"

Dubay, 8 yanvar

Muallif :
Reyting: +21   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика