"Buxoro"ga Italiyaning "Inter" klubida o'ynagan futbolchi keldi
09 mar 2019 10:40
Yangiliklar


"Buxoro"ga Italiyaning "Inter" klubida o'ynagan futbolchi keldi
Yangi mavsum boshlanishi arafasida "Buxoro" o'z safiga to'rt nafar yangi futbolchini qo'shib oldi.
Legioner Vladimir Baenko va "Bunyodkor" vakili Ergash Ismoilov "Buxoro" safiga kelib qo'shilishdi. Tajribali himoyachi Vladimir Baenko o'tgan mavsum Latviyaning "Riga" jamoasida 23 uchrashuvda maydonga tushib, 5ta gol urishga muvaffaq bo'lgan.
SHuningdek yana bir chernogoriyalik legioner, yarim himoyachi Ivan Fatich va o'zbekistonlik yarim himoyachi Jahongir Abdumo'minov "Buxoro" tarkibini to'ldirishdi.
Ivan Fatich o'z faoliyatini Italiyanig "Inter" jamoasida boshlagan va bir qator Italiya klublarda davom ettirgan. Oxirgi mavsumlarini Makedoniyanig "SHkupi" va Gruziyaning "Samtredia" jamoalarida o'tkazgan.
Jahongir Abdumo'minov esa o'tgan mavsumni "So'g'diyona" jamoasida boshlab, Tojikistonning "Istiqlol" jamoasida yakunlagan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar