So’nggi yangiliklar

15:55Испания ОТЖ футболчилари: "Токио-2020дан тугалланмаган ишимиз бор. Мақсадимиз - олтин медал"  5 15:31"Парк де Пренс" стадиони Ўзбекистон - Испания баҳсига шай  6 15:16"Навбаҳор" Сардор Рашидов билан келишувга эришди  11 15:11Эксклюзив! Тимур Кападзе: "Мақсадимиз бор ва унга қараб интиламиз"  8 14:47Ўзбекистон U-23 терма жамоаси бош мураббийи ва футболчилари дастхати қўйилган тўпни ютиб олинг  3 14:42ОЛИМПИАДАГАЧА. Акром Комилов: "Испания индивидуал кучли, лекин ўзбекистонлик йигитлар ҳеч кимдан қолишмайди"  2 14:07"Ливерпуль" етакчиси жамоада қолмоқчи  1 13:38ОЛИМПИАДАГАЧА. Испания ОТЖ ҳақида нималарни билишимиз керак ёхуд "Қизил фурия" билан танишамиз  6 13:03Месси кесма паслар бўйича Топ-5 нинг охирги 2 мавсумида етакчи. Лео ПСЖни бир йил олдин тарк этган  13 12:25Гвардиола: "У қарор қабул қилиши керак"  3 11:42Эшитдик-да! "Олимпик"нинг яна бир футболчиси Суперлиганинг бошқа клубига ўтмоқда  7 11:05«Реал Мадрид» яна бир фахрий ҳимоячини текинга қўлга киритиши мумкин  5 10:29Нега Тимур Кападзенинг Испанияга қарши ўйин олди ташкил этилган матбуот анжуманидаги фикрлари ҳеч бир ўзбек ОАВсида чиқмади?  42 09:57АS нашри Испания ОТЖнинг бугунги учрашув учун тахминий таркибини эълон қилди  23 09:22Ўзбекистон ОТЖнинг бугунги учрашув учун тахминий таркиби билан танишинг  28

"Buxoro"da ish boshlashi kutilayotgan Aleksandr Xomyakov jamoani chuqurliqdan olib chiqib keta oladimi? Yangiliklar

"Buxoro"da ish boshlashi kutilayotgan Aleksandr Xomyakov jamoani chuqurliqdan olib chiqib keta oladimi?

So'ngi kunlarda "Buxoro" boshqaruviga Aleksandr Xomyakovning kelishi haqidagi xabarlar tez-tez qulog'imizga chalinmoqda. Albatta, hali bu borada rasmiy malumot yo'q. Lekin, shamol bo'lmasa, daraxtning uchi qimirlamaydi.

 "Buxoro"ning ayni paytda turnir jadvalida egallab turgan o'rnidan yana o'tgan yilgidek jon saqlab qolish yo'lida kurashadiganga o'xshaydi. Jamoaning ayni paytdagi holatidan kelib chiqib gapiradigan bo'lsak yangi murabbiy aniqrog'i sodda qilib aytganda tez yordam nihoyatda zarur. Ushbu vazifani esa yaqin orada jamoaga tayinlanishi kutilayotgan Aleksandr Xomyakov bajara olishi mumkin. Ushbu mutaxassis o'tgan mavsumda "Andijon"ni ham deyarli shunday holatda qabul qilib olgan, yakunda esa jamoani elitada olib qolishni uddasidan chiqa olgandi. Albatta, kelayotgan har qanday murabbiydan ko'p narsa kutish yaramaydi. 

Bizga etib kelgan malumotlarga ko'ra jamoa azolari Jamshid Saidov qo'l ostida mashg'ulotlarni davom ettirmoqda. Muhsin Muhammadiev esa mehmonhonada istiqomat qilyapti. Uning yordamchilari ham jamoa bilan birga emas. Qisman bo'lsada xulosa qilsak Aleksandr Xomyakovning "Buxoro" murabbiylik postiga kelishi haqiqatga yaqin. Ikki tomon o'zaro muzokaralarga ham kirishishgan. Agarda kelishuv amalga oshadigan bo'lsa bu qo'hna shahar jamoasi uchun faqat foyda bo'lishi shubhasiz. Agarda Xomyakov yoki boshqa murabbiy boshqaruvni qo'liga olsa nimalarni o'zgartirishi kerak? Quyida biroz mulohaza yuritib ko'ramiz. 



Yangi kelgan murabbiy birinchi galda jamoadagi futbolchilarning kayfiyatini va shu orqali ichki muhitni yaxshilashi darkor. Qator ochko yo'qotishlardan so'ng har qanday jamoada ham kayfiyat, g'alabaga bo'lgan ishonch yo'qoladi. Xomyakov ana shu narsaga birinchi galda etibor qarata olishi lozim. Hozirgi sharoitda uslub va o'yinni yo'lga qo'yib olishdan ham futbolchilarning o'ziga bo'lgan ishonchini qaytarish, ruhiyatini ko'tarish kerak. Buning uchun murabbiy psixologik tomondan yaxshigina bosh qotirishiga to'g'ri keladi. Xomyakovda esa bu borada tajriba etarli. "Buxoro" tarkibida yomon futbolchilar yig'ilmagan. Aslida yomon futbolchi bo'lmaydi. SHunchaki ularning kuchli taraflaridan, bor imkoniyatidan foydalangan holda o'yinni qurish talab etiladi. Muhsin Muhammadiev qo'l ostidagi bor futbolchilar bilan hech narsa qila olmasligini tan olmoqda. Aksariyat matbuot anjumanlarida u jamoaga legionerlar etishmayotganini sabab sifatida ko'rsatmoqda. Xomyakov esa mahalliy iqtidorlar bilan ham natija qila olishligiga hech kimda shubha yo'q. "Mashal" va "Andijon"dagi faoliyati buning yaqqol dalilidir. U qisqa vaqt ichida nima istayotganini va talablarini futbolchilarga tushuntira olsa bo'lgani. Mana Ravshan Haydarov ham oz muddatda shogirdlarini uyg'ata oldiku. Demak, dastlabki qilinadigan yurish bu jamoa azolariga shijoat va g'oliblik ruhiyatini olib kirish. 



SHundoq ham tig'iz taqvimda turnir javdalining quyi o'rinida borayotgan jamoaga oson bo'lmaydi. Bu faqat "Buxoro" jamoasiga tegishli gap emas. "Andijon", "Qizilqum"ni holati ularnikidan qolishmaydi. Bitta tarkib bilan harakat qilayotgan klublar endilikda kubok bahslari orqali zaxira imkoniyatlarini tekshirib olishadi. SHu tariqa asosiy tarkibda malum bir rotatciyalarni amalga oshirishadi.

"Buxoro"da ham maksimal bitta zo'r tarkib bor. Ularni orasiga o'rinbosarlar jamoasidan ko'zi yonib turgan iqtidorli yoshlarni qo'rqmasdan qo'shsa bo'ladi. Superliga klublarining aksariyat murabbiylari bir gapni ko'p takrorlashadi. "Barchaga imkoniyat beramiz. Munosiblari o'ynaydi". Xomyakov undaylar sirasiga kirmaydi, o'zini ko'rsatgan iqtidorli yoshlarga ishonch bildirishdan qochmaydi. Agarda u tayinlanadigan bo'lsa kubok bahslarida yuqorida takidlaganimizdek ko'proq ikkinchi tarkibni sinovdan o'tkazib oladi. Qaysidir manoda kubok unga jamoani ikkinchi davraga tayyorlash vazifasini o'taydi. Rahbariyat Xomyakovni oldiga elitada qolish vazifasini qo'yadi. Tabiiyki, Xomyakov bor etiborini Superligaga qaratadi. 



Albatta, har qanday murabbiy o'z uslubiga mos futbolchilar bilan ishlashni istaydi. Lekin, ayni paytda mavsum o'rtasida buni amalga oshirish imkonsiz. Yozgi transferlar oynasi vaqtida ham yaxshi saviyadagi futbolchini topish mushkul ish. CHunki, Superliga klublarida to'p tepayotgan o'yinchilar yilni oxirigacha mo'ljallangan shartnomaga imzo chekishgan. Yana bir narsa pandemiya sabab aviaqatnovlar hali beri tiklanmaydi. Xorijdan futbolchi olib kelish qiyin masala. "Buxoro" tarkibidagi legionerlar qachon jamoa ixtiyoriga etib keladi. Bu ham jumboqligicha qolmoqda. SHu sababli Xomyakov ikkinchi davrada mahalliy futbolchilar ko'magiga suyanishga majbur. Ushbu mutaxassis qo'l ostidagi futbolchilar bilan ham yaxshi jamoa tuza olishiga ishonchim komil.

Bundan buyon vaziyat qaltis. O'tayotgan vaqt va yo'qotilayotgan ochkolar "Buxoro"ning zarariga ishlamoqda. Esingizda bo'lsa 2015 yilgi mavsumni ham jamoa omadsiz boshlagan, birinchi davradan so'ng turnir jadvalida oxirgi o'rinda borayotgandi. O'shanda Jamshid Saidov va Tachmurod Agamurodov boshchiligida "Buxoro" kuchlilar safida qolishni uddasidan chiqqandi. Aftidan yana o'sha scenariy takrorlanadiganga o'xshaydi. Faqat bu safar Aleksandr Xomyakov bilan. Bizga etib kelgan so'ngi malumotlarga ko'ra Jamshid Saidov bosh murabbiy, Xomyakov esa maslahatchi murabbiy sifatida tez kunda rasman elon qilinadi.

Abdulaziz Iskandarov.

Reyting: -6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика