"Buxoro" uy stadioni hisoblanmish "Buxoro sport majmuasi" maydon maysasi yangilanadi
30 jan 2020 15:03
Yangiliklar


"Buxoro" uy stadioni hisoblanmish "Buxoro sport majmuasi" maydon maysasi yangilanadi
O'zbekiston Professional futbol ligasi Superliga klublariga bo'lgan talablaridan biri bu stadionlarining zamonaviy talablarga javob berishi hamda maydon chimining holati ideal bo'lishidir.
Buxoro futbol klubi uy stadioni hisoblanmish "Buxoro sport majmuasi” maydon chimini alo darajaga keltirish maqsadida Buxoro viloyati hokimligi tashabbusi bilan ushbu loyihaga qo'l urildi. Maydonga zamonaviy yangi drenaj tizimi o'rnatiladi va zamonaviy talablarga to'liq javob beradigan yangi chim yotqiziladi. Umuman olganda maydon chimi tubdan yangilanadi. Hozirda stadiondagi ishlar allaqachon boshlab yuborilgan. SHuningdek jamoa qarorgohida yaqin kunlar ichida yana bir suniy qoplamali maydon foydalanishga topshiriladi.
Har ehtimolga qarshi jamoa Superliga 1-davra uy uchrashuvlarini boshqa stadionda o'tkazadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar