So’nggi yangiliklar

22:55Хосе Венансио Лопес: "Агар бу расмий ўйин бўлганида бундай таваккалга қўл урмаган бўлардик"  1 22:19Акбар Усмонов: "Сўнгги ЖЧдан бери Гватемала биз учун принципиал рақиб"  1 21:28Бензема "Олтин тўп" ҳақида: "Совринга Винисиус муносиб"  4 21:20Mirabror Usmanov Cup-2024. Драматик кечган баҳсда Ўзбекистон футзал терма жамоаси Гватемалани 5:4 ҳисобида мағлуб этди  7 21:00Эдерсон кетса "Манчестер Сити" дарвозасини ким қўриқлайди?  0 20:31Париж-2024. Ўзбекистон ОТЖ ўрин олган гуруҳ: ўйинлар, таркиблар, натижалар  7 20:17"Астон Вилла" 50 млн. фунтга Онанани сотиб олди  1 20:05"Комо" "Ювентус" хавбекига даъвогарлик қилмоқда  0 19:48Mirabror Usmanov Cup-2024. Дарвозабон 2 та гол урган ўйинда Тожикистон Қирғиз Республикасини мағлуб этди  1 19:29Энцо Зидан тез орада фаолиятини якунлайди  6 19:02"Манчестер Сити" Доннаруммани қўлга киритиш ҳақида ўйламоқда  0 18:30АПЛ янги мавсумда фойдаланиладиган расмий тўпни намойиш қилди  0 18:09Қувватовдан сўнг энди Цигер "Навбаҳор"га йўл олмоқда. "Нефтчи" пойгадан чиқяптими?  17 17:56Шаҳбоз Жўрабеков: "Бир жамоага ишониб "Қизилқум" билан хайрлашгандим. Клубсиз қолишим мумкин эди. "Бунёдкор"ни қутқариш учун келдик"  5 17:23Кантона Ямалга тан берди  4

“Buxoro” stadioni projektorlari OFK minimal talablariga javob beradi Yangiliklar

“Buxoro” stadioni projektorlari OFK minimal talablariga javob beradi

8 aprel kuni tunda O'zPFL ishchi guruhi “Buxoro” stadioni projektorlarini tekshiruvdan o'tkazgandi.

Xulosalar shuni ko'rsatdiki, “Buxoro” stadioni projektorlari o'rtacha 1832 lyuks yorug'lik taqdim eta oladi. Bu esa OFK CHempionlar ligasi musobaqasi uchun talab qiladigan minimal ko'rsatkichga javob beradi. 

Ikki yildan ortiqroq vaqt davomida mazkur stadionda futbol uchrashuvlari o'tkazilmadi. SHundan kelib chiqib, shamol va boshqa tabiat hodisalari projektorlar lampalarini o'z joyidan biroz siljitgan. Buning oqibatida yorug'lik maydon bo'ylab teng taqsimlanmagan.

O'zPFL bosh direktori hamda Buxoro viloyati hokimi o'rtasidagi uchrashuv davomida mazkur masala ham muhokama etildi. SHundan kelib chiqib, hokim tomonidan tegishli tashkilotlarga 26 aprel sanasiga qadar yorug'lik etib boruvchi nuqtalarga o'zgartirish kiritish bo'yicha topshiriq berilgan.

Malumot uchun, O'zbekistonda projektori eng yaxshi stadion “Bunyodkor” bo'lib, u o'rtacha 2400 lyuksni tashkil etadi. Keyingi o'rinlarda “Qizilqum” (2200), “So'g'diyona” (1900), “Turon” (1900) jamoalari o'z uy uchrashuvlarini o'tkazadigan stadionlar turadi. “Buxoro” stadioni talab etilgan sozlamalardan keyin bu borada mamlakatning beshinchi raqamli stadioniga aylanadi.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика