“Buxoro” safar o'yinlarida hisobni ochsada, mag'lub bo'lmoqda
30 mar 2018 23:54
Yangiliklar


“Buxoro” safar o'yinlarida hisobni ochsada, mag'lub bo'lmoqda
Superliganing 4-turida “Buxoro” Toshkentda “Bunyodkor”ga (1:3) imkoniyatni boy berdi.
Baqoev shogirdlari “Bunyodkor” stadionida kechgan bahsda hisobni ochgan bo'lishsada, keyinchalik ketma-ket uch marta o'z darvozasidan to'p o'tkazib yuborishga majbur bo'lishdi. Qizig'i, bundan avvalgi safar uchrashuvi – Qarshida “Nasaf”ga qarshi bahsda ham buxoroliklar hisobni ochib, yakunda 1:3 hisobida imkoniyatni boy berishgandi.
4-turdan keyin “Buxoro” olti ochko to'plagan. O'z darvozasidan oltita to'p o'tkazgan. Raqib darvozasini xuddi shuncha marta ishg'ol etgan va turnir jadvalining ham oltinchi pog'onasida bormoqda...

Fikrlar