"Buxoro" qarzini uzdi
14 noy 2022 14:24
Yangiliklar
"Barcha qarzdorliklar bartaraf etildi.
"Buxoro" professional futbol klubi o'tgan yil va ushbu mavsumning birinchi davrasida jamoamizda to'p tepgan bir qator futbolchilardan bo'lgan barcha qarzdorlik holati 2022 yil 10 noyabr kuni to'liq bartaraf etilganini malum qiladi.
Bugungi kunda jamoaning sobiq futbolchilar bilan tuzilgan shartnomalari bo'yicha, qarzdorligi mavjud emas", – deyiladi xabarda.
Eslatib o'tamiz, 10 noyabr kuni "Eshitdik-da" rukni ostida "Neftchi", "Qo'qon-1912" va "Buxoro" futbolchilar oldidagi qarzdorlikni to'liq bartaraf etmagani haqida xabar bergan edik.
Fikrlar