"Buxoro" klubi rahbariyatida o'zgarish sodir bo'ldi. Jamoani Davron Fayziev qabul qilib olishi kutilmoqda
02 jan 2021 13:19
Yangiliklar


"Buxoro" klubi rahbariyatida o'zgarish sodir bo'ldi. Jamoani Davron Fayziev qabul qilib olishi kutilmoqda
2020 yilning so'nggi kunida "Buxoro" klubi rahbariyatida o'zgarish sodir bo'ldi.
"Buxoro" professional futbol klubiga yangi, vaqtinchalik bosh direktor etib Alimov Jamol Abdusattorovich tayinlandi", - deb yozgandi klubning telegramdagi rasmiy kanali.
Bungacha "Buxoro"da Alisher Rustamov bosh direktor sifatida ishlab kelayotgandi. U 2020 yilning iyun oyida bosh direktor etib tayinlangan edi.
Championat.asia sayti malumotiga ko'ra, "Buxoro"ga Davron Fayziev bosh murabbiy etib tayinlanishi kutilmoqda. Murabbiy Buxoro viloyati hokimi bilan uchrashishi kutilmoqda.
Eslatib o'tamiz, Fayziev 2020 yilgi mavsumda "Qo'qon-1912" murabbiylar shtabida Baxtiyor Ashurmatovga yordam berdi. "Buxoro" Superligada so'nggi o'rinni egallab PRO ligaga tushib ketdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar