

Ikkinchi yig'inda jamoamiz safiga kelib qo'shilgan himoyachi Artyom Filiposyan va hujumchi Baxodir Pardaev “Buxoro” bilan shartnoma imzolashdi.
Pardaev o'tgan mavsumda “Paxtakor” safida harakat qildi. U mavsum davomida 23 marta maydonga tushdi va 887 daiqiqa maydonda harakat qildi. O'tkazilgan uchrashuvlarda Pardaev jami 4 marta raqiblar darvozasini ishg'ol qildi.
Artyom Filiposyan utgan mavsumning birinchi davrasini Toshkentning “Bunyodkor” jamoasida o'tkazdi va 9 ta uchrashuvda maydonga tushdi.
Ikkinchi davrada esa himoyachi Samarqandning “Dinamo” jamoasiga ko'chib o'tdi. U “Dinamo”da 12 ta uchrashuv o'tkazib, 1 ta gol urgan.



