Butrageno: "Real" har qanday tarkib bilan "Barselona"ni "Kamp Nou"da mag'lub eta oladi"
16 mar 2015 11:10
Yangiliklar


Butrageno: "Real" har qanday tarkib bilan "Barselona"ni "Kamp Nou"da mag'lub eta oladi"
"Real" direktori Emilio Butrageno "Barselona"ga qarshi Ispaniya chempionati 28-tur bahsida o'z jamoasining g'alabasiga ishonadi.
"Real" har qanday tarkib bilan "Barselona"ni "Kamp Nou"da mag'lub eta oladi. "Barselona" tarkibida juda kuchli futbolchilar bor, ammo biz haqimizda ham shunday deyish mumkin. So'nggi yillarda "klassiko" gollarga boy bo'lyapti, chunki ikki jamoa ham ochiq futbol namoyish etishdan qo'rayotgani yo'q. Ko'ramiz, bu safar nima bo'lar ekan" - deydi Butrageno.
Eslatib o'tamiz, bu ikki jamoa o'rtasidagi bahs 22 mart kechasi Kataloniya klubi maydonida bo'lib o'tadi. Ushbu uchrashuvni hamkorimiz "ALEZIYA.COM" saytida jonli ravish tomosha qilishingiz mumkin.

Fikrlar