Bushan: "Ispaniya termasi bizning o'yinimizga tayyor bo'lmagan"
14 okt 2020 12:57
Yangiliklar


Bushan: "Ispaniya termasi bizning o'yinimizga tayyor bo'lmagan"
Ukraina termasi posboni Georgiy Bushan Millatlar ligasi doirasida Ispaniya termasi ustidan qozonilgan g'alabadan keyingi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Biz Ispaniya termasining hozirgi holatidan kelib chiqib, o'yin ko'rsatdik. Ayrim sabablarga ko'ra, ularga qarshi o'yinlarda o'zimizning o'yinimizni ko'rsata olmasdik. SHu sababli himoyaga katta etibor berib, mustahkamroq bo'ldik. Ispanlar esa bunga tayyor bo'lmagan", - dedi posbon.
Kechagi g'alabadan keyin Ukraina termasi turnir jadvalida Germaniyani ortda qoldirdi. Guruhda 7 ochko jamg'argan Ispaniya termasi etakchilik qilmoqda. 2 ochkosi bor SHveycariya esa so'nggi pog'onani band qilgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar