So’nggi yangiliklar

19:05Алиризо Жаҳонбахш: "Ҳакамлик ҳақида ҳеч нима демайман"  0 18:38"Арсенал" МЮ кўзлаган футболчи учун курашда фаворит  0 18:17Мустақиллик Кубоги-2025 "Uz-Galaxy"да!  2 17:55"Ал Шабаб" "Милан" футболчисини сотиб олади  0 17:33Расман: Постекоглу – "Ноттингем Форест" бош мураббийи!  4 17:16Расман: Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Осиё Кубогига чиқди!  22 17:08Ўзбекистон Эрон устидан қийин ғалабага эришиб, CAFA мусобақаси ғолибига айланган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  1 16:56U-23 Осиё Кубоги саралаш босқичи. Ўзбекистон Фаластинни қийинчилик билан мағлуб этди  56 16:36"Бухоро" "Навбаҳор" билан ўйинни уйида ўтказади  3 16:15МТЖ дарвозабонлар мураббийи: "Кападзенинг шартномасини билмайман, аммо мураббийлар штабининг шартномаси ЖЧ-2026 якунига қадар амал қилади"  5 15:47Эрон терма жамоаси мураббийи: "Бош ҳакамнинг қарорлари фақат Эрон зарарига бўлди. Қирғизистон ҳам ҳакамдан жабр кўрганди"  24 15:19Меҳди Тареми: "Ёмон воқеалардан сабоқ олиш сизни ривожлантиради"  14 14:51Тонали Гаттузо ҳақида: "У менга айтган ҳамма нарсани қадрлайман"  2 14:23Ла Лигада август ойининг энг яхши мураббийи маълум  0 13:40"Атлетик" футболчиси антидопинг қоидасини бузгани учун 10 ойга дисквалификация қилинди  2

Burkina-Faso kecha “Paxtakor” stadionida mashg'ulot o'tkazdi Yangiliklar

Burkina-Faso kecha “Paxtakor” stadionida mashg'ulot o'tkazdi

Teglar :  Burkina-Faso
Bir necha kun oldin Burkina-Faso terma jamoasi Toshkentda O'zbekiston milliy terma jamoasi bilan nazorat uchrashuvini o'tkazish uchun poytaxtimizga etib kelgani malum qilgan edik.

Kecha milliy termamiz “Paxtakor” maydonida bugungi o'yin oldidan mashg'ulot o'tkazganidan so'ng, Burkina-Faso milliy terma jamoasi stadionda jam bo'ldi. Bugungi raqiblarimiz mashg'ulot o'tkazishdan oldin maydonni har tomonlama o'rganib chiqishdi. Bu Burkina-Faso terma jamoasining Toshkentdagi ilk mashg'uloti edi. Avvaliga ular tanasini qizdirib olish uchun jismoniy mashg'ulot o'tkazishdi.

SHundan so'ng futbolchilar murabbiyning ko'rsatmasi bilan to'plar bilan ishlay boshlashdi. Ularning kayfiyatlari alo darajada ekanligi shundoq ko'rinib turar edi. Bugungi uchrashuv o'rtoqlik maqomida o'tsada mashg'ulotlarga jiddiy etibor qaratishdi. Ular asosan qanotlardan hujum boshlash rejasi asosida harakat qilishdi. Raqiblarimiz tarkibida bo'yi baland bo'lgan futbolchilar ko'pligi sababli ikkinchi qavatda qanday o'ynash kerakligi borasida ham mashqlar olib borishdi.

Umumiy mashg'ulotlar yakunlanish arafasida terma jamoa bosh murabbiyi Paulo Duarte shogirdlarini ikkiga ajratgan holda futbol o'ynatdi. Burkina-Faso termasi bugungi o'yinga jiddiy tayyorgarlik ko'rdi. Ishonamizki, milliy terma jamoamizning ushbu o'yinga tayyorgarligi bulardan qolishmagan.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston - Burkina-Faso uchrashuvi bugun, 24 avgust kuni soat 20:00da "Paxtakor" stadionida bo'lib o'tadi.

Jahongir Sotvoldiev

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика