So’nggi yangiliklar

13:54"Динамо" бир киши кам бўлиб "Қўқон-1912"ни ютган учрашувдан галерея  1 13:28Гвардиола Грилишнинг кам ўйнаётгани сабабини айтди  0 12:56Милан Митрович: “Футбол ҳаётга ўхшайди — ҳамма нарса режадагидек кетавермайди”  0 12:50Симоне Инзаги: "Пеп Гвардиола - энг зўри"  1 12:22Исломбек Исмоилов: "Нефтчи"га вилоят ҳокимининг таклифи билан келдим"  6 12:12Рафинья Нико Уильямс ҳақида: "Юқори сифатли футболчи"  1 11:44"Астон Вилла" "Челси" ва "Арсенал" қизиқаётган футболчиси учун 100 млн фунт талаб қилмоқда  0 11:16"CAFA Nations Cup" мусобақасида 8 терма жамоа иштирок этади  4 10:50Винисиуснинг талаблари маълум. Унинг талабларини “Реал“ қабул қилишга тайёр эмас  10 10:20“Рома“ ҳужумчисига Россиядан таклиф бор  0 09:51“Ньюкасл“ Жанубий Корея терма жамоаси аъзоси билан шартнома тузмоқчи  0 09:22“Бавария“га “Ливерпул“нинг икки нафар футболчиси керак  1 08:52Пролига. Бугун Тошкент дербиси бўлиб ўтади  1 08:24Суперлига. Бугун 2 та учрашув бор  9 07:54“Насаф“ етакчисига Қатар ва БААдан таклиф бор  9

"Bunyodkor"ning turkmanistonlik legioneri "Lokomotiv" bilan o'yindan keyin nimalar dedi? Yangiliklar

"Bunyodkor"ning turkmanistonlik legioneri "Lokomotiv" bilan o'yindan keyin nimalar dedi?

"Bunyodkor" jamoasi o'z maydonida kechgan Toshkent derbisida g'alabani begona qilmadi.

O'tgan turdagi "Paxtakor"dan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng ruhiy tomonlama tiklana olgan "qaldirg'ochlar" derbida "temiryo'lchilar"dan ustun keldi. Bahsdan so'ng tur bezagiga aylangan gollardan birini urgan "Bunyodkor"ning turkmanistonlik legioneri Selim Nurmuradovning fikrlari bilan qiziqdik. 

"Men bu onlarni tezroq kelishini kutgandim. Gol urganimdan keyin o'zimga bo'lgan ishonch ortishini bilardim. "Lokomotiv" darvozasiga to'p kiritdim va jamoamga foyda keltirdim. Birinchi gol doim yoqimli bo'ladi. "Paxtakor" bilan o'yindan keyin oldimizda faqat bitta vazifa qolgandi. U ham bo'lsa g'alaba qozonish va muxlislar oldida aybimizni yuvish. Endilikda qolgan uchrashuvlarda maksimal ochko jamg'arishimiz lozim. 

Ha, mavsum boshida jarohat olib safdan chiqqandim. Karantin davrida tiklanishga katta etibor berdim. Tezroq tuzalishni va yashil maydonga qaytishni chin dildan xohladim. Bu damlarni o'tkazish juda qiyin bo'ldi. Vadim Karlenovichga bildirayotgan ishonchi uchun katta rahmat aytib qolaman. Uning ishonchini so'ndirmaslik uchun bor kuchimni ishga solaman",- deydi Selim Nurmuradov.


Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика