“Bunyodkor”ga xalaqit berayotgan beshta muammo
22 may 2014 13:30
Yangiliklar
“Bunyodkor”ga xalaqit berayotgan beshta muammo
Toshkentning “Bunyodkor” klubi OCHLdagi ishtirokini tugatdi va jamoa bundan buyon bor etiborni ichki chempionat bahslariga qaratadi.
“Bunyodkor” OCHLning 1/8 final bosqichida “Al Hilol”dan har ikkala uchrashuvda mag'lubiyatga uchradi. Buning ustiga “qaldirg'ochlar” ketma-ket uch o'yindan beri raqib darvozasiga to'p kirita olishmayapti.
Jamoa oxirgi marta “Navbahor” darvozasiga javobsiz uchta to'p kiritdi va shundan so'ng uchta o'yinda gol ura olmadi. Ayni paytda “Bunyodkor” 15 ochko bilan oliy liga turnir jadvalida 4-pog'onada boryapti. Jamoa o'yinida pasayish va qandaydir muammolar yuzaga kelgandek. Quyidagi maqolada shu haqda to'xtalamiz.
Buning uchun biz beshta sababni asosiy muammo sifatida tanlab oldik. Demak, boshlaymiz.
1.Bosh murabbiyning yo'qligi
Mirjalol Qosimov klubni tark etgach, Aleksandr Volkov bosh murabbiy vazifasini bajaruvchi bo'lib ishlab kelmoqda. Volkov hozir ham shu lavozimda bo'lishi kerak. Yani, u kishini rasman bosh murabbiy deya olmaymiz. Bu esa “Bunyodkor”dek katta jamoa uchun muammoni yuzaga keltiryapti. Masalan, “Nasaf” bilan kechgan bellashuvda futbolchilarga zaxira o'rindig'ida o'tirganlardan uch-to'rt kishi mudom ko'rsatma berib turdi. Bir qarasang Volkov, bir qarasang Murod Otajonov, yana bir qarasang klub rahbari Baxtiyor Boboev. Bu esa “Bunyodkor”ga hech yarashmayapti. Qosimov ishlagan paytda ko'rsatmalarni faqat o'zi berardi, hozir bo'lsa kim xohlasa o'sha turib futbolchilarga bir narsa deyapti. Ochig'i, chetdan tomosha qilganda biroz xunuk manzara hosil bo'larkan. Rahbariyat Aleksandr Volkovga ishondimi, uning o'ziga qo'yib bersin. Ishonmayotgan bo'lsa, unda boshqa murabbiy qidirishga to'g'ri keladi.
2.Maydon markazining yoshlarga qolgani
“Bunyodkor” qanotlardan hujum uyushtirishni xush ko'radi, ammo maydon markazida kuchli ijrochilar bo'lmaguncha buning imkoni qiyin. “Nasaf” bilan kechgan bahsda Javlon Ibrohimovning kutilmaganda jarohat olib maydonni tark etishi “Bunyodkor” uchun yaxshigina muammoni yuzaga keltirdi. U bilan birga Sardor Sobirxo'jaev o'ynayotgandi, keyin Dilshod Jo'raev maydonga tushdi. Lekin ko'rinib turdiki, Dilshod bilan Sardor hali katta o'yinlarga tayyor emaslar. “Bunyodkor” chempionlik uchun kurashadigan jamoa bo'lgani uchun ham markazda tajribali yarim himoyachiga ega bo'lishi shart. Bazan o'ylanib qolasan, agar Mansur Saidov olib qolinganida hozir uning yordami klubga rosa asqotayotgan bo'larmidi. Jamoada mohir pleymeyker yo'qligidan bazi uchrashuvlarda Bahodir Pardaev orqaroqqa qaytib to'p suryapti, lekin bilamizki, Bahodir o'yinni tashkil qiladigan futbolchi emas. U ikkinchi plandagi hujumchi bo'lib o'ynashi mumkin, ammo pleymeykerlik butunlay boshqa masala. Nazarimda, aynan markazdagi yoshlarning o'yini deb “Bunyodkor” uyushtirayotgan hujumlar keskin ko'rinish olmayapti.
3.Saviyasi baland bo'lmagan legionerlar
“Bunyodkor” bu yil o'z safini uch nafar legioner bilan to'ldirib oldi. Bular - Karles Koto, Sergey Simonenko va Sato Minori. Koto jarohatidan yaqinda qutilib endi o'ynay boshladi, Simonenko umuman boshqacha futbol namoyish etyapti, yaponiyalik Sato esa xuddi klub administratoriga o'xshab jamoa bilan u yoqdan bu yoqqa borib yuribdi. Uning o'yinini hali ko'rganimiz yo'q. Ispaniyalik Kotoning yaxshi futbolchi ekanligi malum, biroq u jamoa o'yiniga to'liq kirishib ketgani yo'q. Simonenko esa bazan o'zimizning himoyachilardan ham past saviyada o'yin namoyish etmoqda. Balki uning o'rniga Bobir Akbarovni sinab ko'rgan maquldir. Agar yozgi tanaffusda “Navbahor”dan SHukur Po'latov qaytarib olinadigan bo'lsa, bu muammo ham yopilishi mumkin.
4.Pishurning o'xshamayotgan o'yini
“Bunyodkor”ning o'yini ko'p jihatdan Aleksandr Pishurga bog'liq bo'lib qoldi. Pishur o'yinni ko'pincha o'z qo'liga olishga harakat qilmoqda. Kerak bo'lsa, jarima to'plarini ham o'zi tepyapti. SHu o'rinda bir savol tug'iladi: Pishur maydonda nayzaning uchi sifatida harakat qiladigan hujumchimi yoki orqaga qaytib hujumni boshlaydigan o'yinchimi? O'tgan yil u ko'p gol urardi, bu yil esa negadir sust bo'lib qoldi. Pishur orqaga qaytib o'ynaganda tezligi, bazan to'pni o'zida ushlab tura olmasligi pand berib qo'yyapti. Bu narsa ayniqsa “Al Hilol” bilan safarda kechgan bahsda yaqqol ko'rindi. Keyin Qarshidagi o'yinda ham etakchilikni o'z qo'liga olishga harakat qildi-yu, biroq Ilhom Yunusovga o'xshab abjir emasligi pand berdi. Pishur qulay vaziyat bo'ldi deguncha gol uradigan hujumchi. Undan faqat oldinda foydalanish uchun esa orqada yaxshi pleymeyker kerak bo'ladi.
5.Uy uchrashuvlarini tayinli stadionda o'tkazmayotgani
Har qanday jamoa uchun uy uchrashuvlarini aniq bir stadionda o'tkazish muhim ahamiyat kasb etadi. Lekin “Bunyodkor” shu kungacha uydagi bahslarni goh “Paxtakor”, goh “Jar”da o'tkazdi. Jamoa esa umuman boshqa maydonda mashg'ulot o'tkazmoqda. SHuning uchun ham Aleksandr Volkov matbuot anjumanlarining birida go'yoki faqat safarda o'ynayotgandek bo'lyapmiz degan gapni aytib o'tdi. To'g'ri-da, mashg'ulotlar “Bunyodkor” stadionida olib borilsa-yu, uy uchrashuvlari boshqa joyda o'tkazilsa. Mana endi OCHL tugadi va buyog'iga oliy liga va Kubok o'yinlari “Jar”da bo'ladi. SHundan kelib chiqib “Bunyodkor” buyog'iga o'zini xuddi o'z uyida to'p tepayotgandek his qilsa ajab emas.
Xayrulla Xoliqov.

Fikrlar