So’nggi yangiliklar

11:33"Атлетико" футболчиси КЖЧ ташкилотчилигидан норози  1 11:05Ямаль ва францияликлар: Европанинг 2025 йилдаги энг креатив футболчилари  3 10:42Неймарнинг келажаги маълум  0 10:10“Ал Ҳилол“ Осимхенга сўнгги даҳшатли таклифни юборди  0 09:43“Арсенал“ Виктор Гёкерешни сотиб ололмаган тақдирда кимни харид қилиши маълум  1 09:16Кайл Уокер АПЛнинг бошқа жамоасига ўтиши мумкин  0 08:50Фатининг кейинги жамоаси деярли аниқ  1 08:23Хаби Алонсо “Реал“ футболчиларига ультиматум қўйди  15 07:47CAFA U20 Championship 2025. U-18 терма жамоамиз ҳеч бир учрашувда ғалаба қозонмай мусобақани якунлади  16 07:20Клублар ўртасидаги ЖЧ. Учта қизил кўрсатилган баҳсда “Бенфика“ кичик камбек амалга оширди  2 02:00КЧЖ. "Челси" ишончли ғалабага эришди  3 01:42Фердинанд Фернандешнинг "Ал Ҳилол"га рад жавоби ҳақида: "Бу унинг садоқатидан далолат беради"  0 00:56"Наполи" "Манчестер Сити" футболчисига қизиқмоқда, лекин...  0 00:30Фарҳод Нишонов: "Захирадан тушган футболчиларимиз ўйинни ўзгартириб юборди, фақат ёмон томонга"  3 23:55Григорий Колосовский: "Рақиб ғалаба учун ўйнади. Биз эса ғалабани истадик"  1

“Bunyodkor”da yoshlar va ayollar jamoalari taqdirlandi FOTO Yangiliklar

“Bunyodkor”da yoshlar va ayollar jamoalari taqdirlandi FOTO

12 yanvar kuni Toshkentning “Bunyodkor” futbol klubida yoshlar va ayollar jamoalarining taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.

Xabaringiz bor, SHuhrat Maqsudov boshchiligidagi yosh “qaldirg'ochlar” 2017 yilgi O'zbekiston chempionati yoshlar birinchiligi bahslarini alo darajada o'tkazishib, yakunda g'oliblikni qo'lga kiritishgandi. SHuningdek, “Bunyodkor” ayollar jamoasi ham ortda qolgan mavsumni sovrindovlar qatorida yakunladilar. Elmira G'ulomova boshchiligidagi ayollarimiz chempionat-2017 yakuniga ko'ra, bronza medallariga ega chiqishgandi.

Bugun, “Bunyodkor” stadionida ushbu ikki jamoani taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi. Unda O'zbekiston futbol federaciyasi bosh kotibi Sardor Rahmatullaev va “Bunyodkor” futbol klubi bosh direktori Murodjon Aliev ishtirok etdi.

- 2017 yilda yoshlar jamoamiz bizni juda xursand qildi. Ular mavsumni yaxshi saviyada o'tkazishib, qator g'alabalarga erishishdi va yakunda yoshlar birinchiligi g'olibligini qo'lga kiritishdi. Kelajagimizni – yoshlar bilan quramiz. CHunki jamoaning ertasi aynan Sizlarning qo'lingizda. SHuningdek, ayollar jamoamiz tashkil etilganiga ko'p vaqt bo'lgani yo'q. SHunga qaramasdan ular ilk sovrinlarini qo'lga kiritishdi. Bu jamoamiz yildan-yilga o'sib bormoqda. O'ylaymanki, 2018 yil yakunida ular yanada yuqoriroq marralarni zabt etishadi, - dedi Murodjon Aliev.

SHundan so'ng, “Bunyodkor” yoshlar jamoasiga kichik oltin, ayollar jamoasiga bronza medallari bilan taqdirlandilar. SHuningdek, yaqindagi “Bunyodkor” futbol maktabiga qabul qilingan yangiyo'llik Komiljon Ismoilovga ham tantanali ravishda jamoa libosi topshirildi.

Xabaringiz bor, kuni kecha O'zbekiston futbol federaciyasi hamda “Mahalla Hayriya jamg'armasi” o'rtasida o'zaro memorandum imzolangan edi. Ushbu memorandum ijrosini taminlash maqsadida, “Bunyodkor” futbol klubi ham o'ziga yaqin bo'lgan “Navbahor” mahallasi aholisi bilan yaqin munosabatlarni o'rnatdi. Tadbirga “Navbahor” mahallasi faollari taklif etilib, o'ziga xos suhbat qurildi. Ko'pni ko'rgan, tajribasi katta nuroniy otaxonlarning maslahat va fikrlari tinglandi.



"Bunyodkor" yoshlar va ayollar jamoasini taqdirladi (VIDEO)



Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика