"Bunyodkor" yozgi tanaffusni xorijda o'tkazadi
10 iyu 2019 19:41
Yangiliklar


"Bunyodkor" yozgi tanaffusni xorijda o'tkazadi
Vadim Abramov murabbiyligidagi qaldirg'ochlar 11 iyul kuni erta tongda Belarus Respublikasiga uchib ketadi.
Jamoa 22 iyulga qadar davom etadigan o'quv-yig'in mashg'ulotlari vaqtida 4ta nazorat uchrashuvi o'tkazishni rejalashtirgan. Hozircha ikkita raqib malum. «Bunyodkor» 15 iyul kuni ayni vaqtda Belorus chempionatining 1-divizionida 34 ochko bilan peshqadam bo'lib turgan «Smolevichi-STI»ga qarshi maydonga tushsa, oradan ikki kun o'tib, Premer liga vakili «Energetik-BDU» bilan kuch sinashadi. Aytish kerak, «Energetik-BDU» Belorus Premer ligasida 14-turdan keyin 11 ochko bilan 13-o'rinni egallab turibdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar