So’nggi yangiliklar

11:39«Ливерпуль» 30 ёшли Робертсонга «Ньюкасл» футболчисини ўринбосар сифатида кўрмоқда  0 11:38Неймар ёзда «Барса»га қайтиши мумкин, Захавининг агенти каталонияликлар раҳбариятини кўндиришга уринмоқда. Флик ва унинг штаби мутлақо қарши  2 11:17«Атлетико» Ковачични "Ман Сити"дан 30 млн еврога сотиб олиши мумкин  0 10:55«Бавария» «Интер» юлдузи учун АПЛ клуби билан баҳслашади  1 10:53Ўзбекистонда трансфер ойнаси ёпилди. Жамоаларда амалга ошган сўнгги трансферлар барчаси битта саҳифада  19 10:26«Барселона» Левандовскига АПЛдан ўринбосар топди  11 10:01АПЛнинг икки клуби Мойзе Кинни қўлга киритмоқчи  1 09:37«Бавария» Киммихнинг маошини оширишга тайёр  0 09:34Холдорхонов "Навбаҳор"га текинга ўтган  0 09:14Осимхеннинг «МЮ»га трансфери 95 фоизга якунланди, инглизлар 70 млн евро тўлашга тайёр  4 08:50Трансфермаркт. «Навбаҳор» «Пахтакор» футболчиси учун яхшигина пулга сотиб oлди  15 08:24«Манчестер Сити»нинг «Тоттенхэм»га қарши ўйин учун тахминий таркиби  18 07:58«Реал» футболчиси Испания терма жамоасига илк бор чақирилиши мумкин  4 07:39«Сўғдиёна» Сериа А чемпионатида ўйнаган футболчи билан шартнома тузди  2 07:24«Қўқон-1912» навбатдаги легионер билан шартома тузди  1

“Bunyodkor” xorvatiyalik himoyachi bilan shartnoma imzoladi Yangiliklar

“Bunyodkor” xorvatiyalik himoyachi bilan shartnoma imzoladi

Bungacha Xarkovning “Metallist” jamoasida harakat qilgan Yurica Bulyat endi “qaldirg'ochlar” sharafini himoya qiladi.

U markaziy himoyachi hisoblanadi. Zarur paytda o'ng qanot himoyachisi vazifasini bajarishi ham mumkin. Standart vaziyatlarida bosh bilan o'ynash sifatlarini alohida takidlab o'tish kerak. SHuningdek, markaziy himoyachi sifatida uning hujumchilarga oshiradigan birinchi uzatmalari ko'pincha aniq bo'ladi. Kamdan-kam hollarda ikkinchi qavatda raqiblariga imkoniyatni boy beradi. Yakka kurashlarda deyarli engilmaydi. To'g'ri poziciya tanlash borasida uning tanlovi ko'pincha ish beradi.SHuningdek, u burchak zarbalari chog'ida raqib darvozasi oldida xavfli futbolchiga aylanadi va aksariyat hollarda aynan shu kabi standart vaziyatlaridan gollar uradi.

Bulyat futbolchilik faoliyatini o'z tug'ilib o'sgan Zadar shahrining “Zemunek” jamoasida boshlagan. SHundan keyin shaharning asosiy jamoasi “Zadar” safiga o'tgan.

2005 yilda Yurica Bulyat Splitning “Xayduk” jamoasi bilan shartnoma imzoladi va bu klub safida 100ga yaqin uchrashuv o'tkazdi. Aynan “Xayduk” bilan u ikki bor Xorvatiya vice-chempioni va mamlakat kubogi sohibiga aylandi.

2011 yilda u Xayfaning“Makkabi” jamosiga o'tdi. Isroildagi ikki yillik faoliyatidan so'ng Bulyat yana “Zadar”ga qaytdi va bir yil ona shahri jamoasida to'p tepdi. 2013-2014 mavsumlarni u Germaniya ikkinchi Bundesligasi vakili “Energi” safida o'tkazdi. Markaziy himoyachi “Bunyodkor”ga kelishdan avval Ukrainaning “Metallist” klubida safida o'ynagan.

Yurica Bulyat Evropa ligasida ishtirok etgan. Xorvatiya o'smirlar, yoshlar va olimpiya terma jamoalari safida harakat qilgan. SHuningdek, Xorvatiya milliy terma jamoasi tarkibida ikkita uchrashuv o'tkazgan.

O'ylaymizki, Yurica Bulyat “qaldirg'ochlar”ning muvaffaqiyatlariga o'z hissalarini qo'shib, muxlislarda yaxshi taassurot qoldiradi.

BIZNING MA'LUMOT

To'liq ismi: Yurica Bulyat

Tug'ilgan sanasi: 12.09.1986

Tug'ilgan shahri: Zadar

Fuqaroligi: Xorvatiya

Bo'yi: 188

Vazni: 88

Ampluasi: himoyachi

Futbolchilik faoliyati:


Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика