“Bunyodkor” – tayyorlov guruhlari chempioni!
11 noy 2013 15:15
Yangiliklar

“Bunyodkor” – tayyorlov guruhlari chempioni!
Oliy liga klublarining 1999-2000 yillarda tavallud topgan tayyorlov guruhlari o'rtasidagi musobaqa yakuniga etdi.
Finalda Toshkentning ikki klubi – “Bunyodkor” va “Paxtakor” jamoalari ro'baro' kelishdi. Aslida “qaldirg'ochlar” hal qiluvchi bahsda “Nasaf” bilan kurash olib borishlari lozim edi. Ammo qarshiliklar reglamentga zid hatti-harakatlarni amalga oshirishgani bois ular musobaqadan chetlatildi. SHuning uchun ham finalda ikki Toshkent jamoasi kuch sinashdi. Qarshiliklar xatto uchinchi o'rin uchun bahsda ham qatnasha olmadilar. Bronza medallar Bekobodning “Metallurg” jamoasiga berildi.
“Bunyodkor” va “Paxtakor” tayyorlov guruhlari bahsining asosiy vaqtida kuchlar teng keldi – 1:1. Jamoamizning yagona Jahongir Abdusalomov hisobiga yozildi. SHundan so'ng g'olib penaltilar seriyasida aniqlandi. Unda omadliroq chiqqan bunyodkorchilar 4:3 hisobida g'alaba qozonishdi.
Ushbu muvaffaqiyat bilan Dilmurod Abdullaev va Sarvar Kukanashvili boshchiligidagi 1999 va 2000 yillarda tavallud topgan tarbiyalanuvchilarimizni tabriklaymiz.

Fikrlar