So’nggi yangiliklar

00:10"Барселона" Рэшфорд бўйича қарор қабул қилди  0 23:37Вадим Абрамов: "Бу ташкилотнинг ички иши, ушбу ишларни сизлар муҳокама қилиш ва ёзишларингиз керак"  0 23:27Сергей Лушчан: "Биринчи бўлимда деярли юз фоизлик вазият бўлди, аммо..."  3 23:17Рўзиқул Бердиев: "Бундай ўйинларда кўп вазиятлар яратилмайди"  9 23:14ПСЖ — "Атлетико". Таркиблар маълум  8 22:57Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Бавария" "Окленд Сити"ни "кўмиб қўйди". Германия чемпионлари Янги Зеландия жамоасига жавобсиз 10 та гол урди  26 22:33Жака итальян грандига ўтадими?  0 21:59Суперлига. "Насаф" Чераннинг пенальтидан урган голи эвазига "Навбаҳор"ни мағлуб этди  173 21:55Суперлига. "Динамо" "Хоразм" билан камбэк амалга ошириб,, мағлубиятсиз сериясини давом эттирди  26 21:53Суперлига. Термиздаги баҳсда "Нефтчи" "Сурхон"ни мағлуб эта олмади  31 21:47"Наполи" "Ал Насср" юлдузига қизиқмоқда  0 21:12"Рома" Шомуродовни сотишга тайёр, унга даъвогар ҳам бор  39 19:45Италия терма жамоасига янги бош мураббий тайинланди  8 18:50Дарвозалар ишғол қилинмаган ОКМК - "Шўртан" учрашувидан галерея  0 18:25"Арсенал" Гёкереш борасида "Спортинг" билан музокараларни тўхтатиб қўйди, нега?  2

"Bunyodkor" stadioni 9 fevraldagi o'yinga qanchalik tayyor yoxud muxlislar uchun syurpriz Yangiliklar

"Bunyodkor" stadioni 9 fevraldagi o'yinga qanchalik tayyor yoxud muxlislar uchun syurpriz

Teglar :  Bunyodkor
Xabaringiz bor, 9 fevral kuni O'zbekistonning "Bunyodkor" klubi Osiyo chempionlar ligasi pley-offi doirasida Aziz Haydarov faoliyat olib borayotgan BAAning "Al SHabab" klubiga qarshi o'ynaydi.

Bu uchrashuv 2016 yilda yurtimizdagi dastlabki rasmiy bahs sifatida tarixga kiradi. O'yin Toshkentdagi "Bunyodkor" stadionida o'tkaziladi. Xo'sh, arena mana shu muhim bahsga qanchalik tayyor? Biz stadionga borib vaziyat bilan tanishib chiqishga muvaffaq bo'ldik.

Maydon maysasiga javob beradigan xodimlarning so'zlariga qaraganda chim o'yinga 100 foiz tayyor. Bu borada futbolchilar uchun hech qanday muammo bo'lmaydi. Malumotlarga ko'ra, o'tgan yil mavsum tugan zahoti maydonga qo'shimcha urug' sepilgan va parvarishlash ishlari boshlab yuborilgan. Ayni paytga kelib chimning holati ajoyib darajada.

"Bunyodkor" - "Al SHabab" uchrashuviga 10 kun qolganida chiptalar sotuvi yo'lga qo'yildi. TV va radio orqali o'yin anonsi, bozorlarda, odam gavjum joylarda va matbuotda reklamalar elon qilib borilmoqda. Hozircha stadionning 2ta kassasi orqali chiptalarni xarid qilish mumkin. Uchrashuvga bir necha kun qolganida esa talabalar shaharchasida ko'chma kassalar faoliyat olib borishi ko'zda tutilgan. Muxlislarga qulaylik yaratish maqsadida terminal orqali ham sotuv yo'lga qo'yilgan. Stadion mamuriyatining aytishicha chipta olishni o'yin kuniga qoldirmaslik maqsadga muvofiq ekan.



Alohida takidlash lozimki, 9 fevral kungi o'yinda tashrif buyurgan har bir muxlisga "Bunyodkor" stadioni mamuriyati tomonidan syurpriz tayyorlab qo'yilgan. Bu syurprizga faqat "Bunyodkor" - "Al SHabab" uchrashuviga borgan muxlislargina ega bo'lishar ekan.  

"Al SHabab" bilan bahsda "qaldirg'ochlar"ni O'zbekistonning boshqa klubi muxlislari ham qo'llab-quvvatlash istagini bildirishgan. Masalan, "Olmaliq" va "Qo'qon-1912" klubi muxlislari "Bunyodkor"ni stadionning o'zidan turib qo'llab-quvvatlashmoqchi ekan.  

Mamuriyat bergan malumotlarga ko'ra stadionga keluvchilarga qulaylik yaratish maqsadida bufetlar soni ko'paytiriladi, bundan tashqari kun sovuq bo'lganligi uchun muxlislarni issiq choy bilan ham taminlash rejalashtirilgan.

"Bunyodkor" stadioni hududida tamaki mahsulotlarini chekish mumkin emas. Ko'pchilik bundan noliydi. Biroq bularning barchasi qonun doirasida olib boriladi. Sport inshootlarida tamaki mahsulotlarini istemol qilish taqiqlanadi. Bundan tashqari stadionda sigaret chekish sport etikasiga ham to'g'ri kelmaydi.  

Arenaga kelganlar o'z joylarini topib olishlari uchun har bir sektorda faoliyat olib boradigan "volontyorlar"dan ("styuardlar") yordam olishlari mumkin. Yuzdan ortiq ko'ngillilar barchaga yo'l-yo'riq ko'rsatadi.

Takidlash lozimki, bir shaxs 10tadan ortiq chipta sotib olmoqchi bo'lsa pasport nusxasini taqdim etishi lozim. 2-3ta chipta xarid qilish uchun esa pasport talab etilmaydi. SHu yo'l orqali chiptalarning olib sotarlar qo'liga chiqib ketishining oldi olinadi. Bundan tashqari chiptalarni aslo qalbakilashtirish mumkin emas, sababi bu maxsus qog'oz xorijdan keltiriladi va o'ziga xos sirli belgilarga ega.



9 fevral kuni yog'ingarchilik bo'lsa ham muxlislarga bu hech qanday tasir qilmaydi. Xabaringiz bor, stadion tomi muxlislarni turli tabiat injiqliklaridan muhofaza qilib turadi. SHunday ekan ob-havo qanday bo'lishidan qatiy nazar stadionga kelib "Bunyodkor"ni qo'llab-quvvatlash mumkin bo'ladi.

Uchrashuvga "Al SHabab"ning muxlislari ham kelishi kutilmoqda. Malumotlarga ko'ra, mehmon jamoa muxlislariga alohida sektor taqdim etiladi.

Stadion xodimlari tunu-kun 9 fevraldagi o'yinga hozirlik ko'rishmoqda. Ular muxlislar kelib uylariga mamnun holda qaytishsa xursand bo'lishlarini, agar "Bunyodkor" g'alaba qozona olsa 10 karra xursand bo'lishlarini aytib o'tishdi.

Biz O'zbekistonda 2016 yildagi dastlabki rasmiy o'yin "qaldirg'ochlar" uchun omadli kelishini tilab qolamiz. Xodimlar "Bunyodkor" stadionini bahsga shay holatga keltirib qo'yishdi, endi navbat "Bunyodkor" futbolchilariga.

Narzulla Saydullaev

Reyting: +44   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика