"Bunyodkor" sobiq ustozi Skolari ushbu mavsum oxirida murabbiylik faoliyatini yakunlaydi
14 noy 2022 18:34
Yangiliklar
"Bunyodkor" sobiq ustozi Skolari ushbu mavsum oxirida murabbiylik faoliyatini yakunlaydi
"Atletiko Paranaense" bosh murabbiyi Luis Felipe Skolari faoliyatini tugatishini elon qildi.
"Bu mening hayotim edi va u juda yaxshi yakunlandi. Men futbolda buncha narsa qo'lga kiritishimni kutmagandim", – dedi Skolari.
Eslatib o'tamiz, Skolari murabbiylik faoliyati davomida Portugaliya va Braziliya kabi terma jamoalarni boshqargan va braziliyaliklar bilan 2002 yilgi JCHda g'olib chiqqan. Klub darajasida 74 yoshli mutaxassis Londonning "CHelsi" jamoasidagi faoliyati bilan mashhur bo'lib, uni mavsum tugamasidanoq tark etgan.
SHuningdek, Skolari Braziliyaning bir qator klublaridan tashqari O'zbekistonning "Bunyodkor" va Xitoyning "Guanchjou Evergrand" klublarida faoliyat yuritgan.
Fikrlar