"Bunyodkor" sobiq bosh murabbiyi FIFA prezidentligi uchun o'z nomzodini qo'yishi mumkin

Aslanov Jasurbek
3 iyun 2015, 10:45
"Bunyodkor" sobiq bosh murabbiyi Ziko FIFA prezidentligi uchun o'z nomzodini qo'yishga tayyorligini ma'lum qildi.

Kecha Yozef Blatter iste'foga chiqqanini ma'lum qilgan edi.

"Nega endi yo'q? Hayotim doimo futbolga bog'liq bo'lgan. Futbol - bu mening hissiyotlarim. Sandro bilan tushlik qilganimda bu fikr miyamga keldi. Ayolim va bolalarim meni qo'llashyapti. Braziliyada sport vaziri va boshqa lavozimlarda ishlaganman. Futbol siyosatdan ustun. Agar meni kimdir qo'llaganda, FIFAga murojaat qilgan bo'lar edim. Men o'ylagan narsa hozircha faqat g'oya" - deydi Ziko.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com