Bunyodkor - SHabab Al Ahli o'yini bekor qilindi
14 jan 2020 14:12
Yangiliklar
Bunyodkor - SHabab Al Ahli o'yini bekor qilindi
BAAning Abu Dabi shahrida o'quv-yig'in mashg'ulotlarini o'tkazayotgan Bunyodkor rejaga ko'ra bugun mahalliy SHabab Al Ahli jamoasiga qarshi nazorat uchrashuvi o'tkazishi kerak edi.
Ammo ayrim sabablarga ko'ra mazkur bellashuv o'tkazilmaydigan bo'ldi.
Ertaga jamoa Toshkent vaqti bilan 17:45da boshlanadigan o'rtoqlik uchrashuvida BAAning boshqa bir klubi «Ittihod Kalba»ga qarshi maydonga chiqadi. 16 yanvar kuni esa, rejadagidek Janubiy Koreyaning «Suvon» jamoasi raqib bo'ladi.
Fikrlar