"Bunyodkor" raqiblari: “Fulad”da g'alaba, “Al-Fateh”da mag'lubiyat
16 dek 2013 12:22
Yangiliklar

"Bunyodkor" raqiblari: “Fulad”da g'alaba, “Al-Fateh”da mag'lubiyat
Dam olish kunlari “Bunyodkor”ning 2014 yilgi Osiyo CHempionlar ligasidagi raqiblari o'z chempionatlarida navbatdagi tur uchrashuvlarini o'tkazishdi.
Eron chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etayotgan Axvazning “Fulad” klubi o'z maydonida “Saboyi Qum” jamoasini qabul qilib, 2:0 hisobida g'alaba qozondi. Uchrashuvning 28-daqiqasida Baxtiyor Rahmani axvazliklarni oldinga olib chiqqan bo'lsa, o'yinga hakam tomonidan qo'shib berilgan to'rtinchi daqiqada Omid Xaledi hisobni 2:0ga etkazdi.
18-turdan so'ng “Fulad” hisobida 32 ochko bor va ular musobaqa jadvalining 5-pog'onasini band etib turishibdi. Takidlash joizki, axvazliklar peshqadam – “Piruzi”dan atigi bir ochko kam jamg'arishgan.
Saudiya Arabistoni pro-ligasining 13-turida amaldagi chempion – “Al-Fateh” Ar-Riyodda “Al-Hilol” mehmoni bo'ldi va 2:0 hisobida mag'lubiyatga uchradi. Hozircha “Al-Fateh”ning ochkolari soni 14ta va ular 9-pog'onada borishmoqda.

Fikrlar