“Bunyodkor” – “Paxtakor” uchrashuvida ishlamoqchi bo'lgan OAV vakillari diqqatiga!
27 apr 2016 14:32
Yangiliklar


“Bunyodkor” – “Paxtakor” uchrashuvida ishlamoqchi bo'lgan OAV vakillari diqqatiga!
Toshkentning “Bunyodkor” klubi 29 aprel kuni oliy liga 7-turi doirasida amaldagi chempion “Paxtakor” jamoasini qabul qiladi.
Uchrashuv “Bunyodkor” stadionida soat 19:00da boshlanadi.
Ushbu uchrashuvni bevosita stadiondan yoritib borishni istagan OAV vakillari “Bunyodkor” matbuot xizmatining – media@fcbunyodkor.com elektron manziliga xabar qilishlarini so'raladi. Jurnalistlarni ro'yxatga olish 29 aprel kuni soat 12:00ga qadar davom etadi.
“Bunyodkor” – “Paxtakor” uchrashuviga faqatgina “Bunyodkor” matbuot xizmatiga xabar yuborgan va O'zPFL akkreditaciyasiga ega bo'lgan OAV vakillari ro'yxat asosida kiritiladi.
Qo'shimcha malumotlarni “Bunyodkor” matbuot xizmatidan olishingiz mumkin. Telefon: +998 71 230 40 59
O’xshash yangiliklar

Fikrlar