So’nggi yangiliklar

23:59Аёллар ОК-2025 саралаши. Ўзбекистон Австралияга мағлуб бўлган учрашувдан ГАЛЕРЕЯ  0 23:54А Серия. "Рома" - "Женоа". Асосий таркиблар маълум!  3 23:43Бундеслига. "Айнтрахт" - "Боруссия" Д. Асосий таркиблар маълум!  0 23:00Янгиланаётган "Пахтакор" ёхуд Педру Морейра йиғаётган португал забон "банда"  5 22:47"Милан"га "Челси" футболчиси керак  0 22:11Ўзбекистон U20 Сурия билан дуранг ўйнади  1 21:56Неймар "Барселона"дан кетиши сабабини айтди  5 21:36Қозоғистонлик футболчи "Челси"га ўтади!  22 21:10Саудия Арабистони. "Ал Таавун" - "Ал Насср" баҳси асосий таркиблари маълум!  0 20:47"Андижон" Бубанья ва Маматказин билан хайрлашди  16 20:15Гарначо Лондон жамоасига ўтиши мумкин  5 19:50ОК-2025 саралаши. Футзалчиларимиз Австралияга 1:3 ҳисобида мағлуб бўлишди  13 19:28Ўзбекистон U-20нинг Сурияга қарши ўйин учун таркиби маълум  2 19:20Неймар Мессининг ПСЖга келиши унинг Мбаппе билан келишмовчилигига сабаб бўлганини айтди  2 18:53ЎФА Кубогининг янги низоми ҳақида болалар футболига оид аччиқ мақола  12

“Bunyodkor” – “Olmaliq” bahsini boshqargan hakamlarga nega past baho qo'yildi? Yangiliklar

“Bunyodkor” – “Olmaliq” bahsini boshqargan hakamlarga nega past baho qo'yildi?

Kecha O'zbekiston Kubogining chorak finalidan o'rin olgan dastlabki bellashuvlar o'tkazildi.

“Jar” stadionida “Bunyodkor” poytaxt viloyatining “Olmaliq” jamoasini qabul qilib, o'yinda 2:2 hisobi qayd etildi. 

O'yinni FIFA referisi Aziz Asimov maydon markazida boshqarib bordi. Unga qanotlarda Olim Abduvasilov bilan Nabi Ro'zimov yordam berishdi. Yosh hakamlardan biri SHerzod Qosimov esa to'rtinchi hakam vazifasini bajardi. Malumki, oliy liganing oxirgi ikki turidan beri PFL rasmiy sayti O'FF prezidenti Mirabror Usmonovning topshirig'iga binoan hakamlarning ballarini elon qilib boryapti. 


Kecha bo'lib o'tgan to'rtta uchrashuv protokollari ham hakamlar olgan ballar bilan saytga qo'yildi. Kechagi bahs protokoli bilan tanishib chiqar ekanmiz, “Bunyodkor” - “Olmaliq” bahsida ishlagan hakamlarga qo'yilgan baho etiborimizni tortdi. Nazoratchi Aleksandr Popov tomonidan hakamlarga quyidagicha ball qo'yilgan: Aziz Asimov 6,5 ball, Olim Abduvasilov 7,1 ball, Nabi Ro'zimov 6,4 ball va SHerzod Qosimov 7 ball. 

Kecha “Jar”ga borib o'yinni ko'rdik, albatta futbolga borgandan keyin hakamlarning harakatini ham kuzatasiz. Qolaversa, “Bunyodkor” - “Olmaliq” bahsi “Sport” telekanali orqali jonli efirda namoyish etildi va ko'plab muxlislar TV orqali tomosha qilishdi. Fikrimizcha, bu o'yinda hakamlar brigadasi jiddiy va natijaga tasir o'tkazadigan xatolarga yo'l qo'yishgani yo'q. Yaqqol xato deb asosan ikkita holatni ko'rsatish mumkin. Birinchisi, Alibobo Rahmatullaev ikkinchi taymda raqib jarima maydonchasi ichiga kirib borgan vaziyatda o'yindan tashqari holat yo'q edi, biroq qanot hakami Nabi Ro'zimov “ofsayd” bo'lganini hisoblab bayroqchasini ko'tardi. 


Ikkinchi esda qolgan vaziyat o'yin oxirlarida sodir bo'ldi. Nabi Ro'zimov hakamlik qilgan qanotda to'p olib beruvchi bolalardan biri o'yin paytida to'p bilan jonglyorlik qilishni boshlab yubordi va uning bu harakati to o'yin oxirigacha davom etdi. Malumki, maydon chetidagi to'p olib beruvchi bolalarning o'yin paytida to'pni o'ynashlari mumkin emas. To'p mudom erda turishi kerak. Lekin u bola goh o'ng oyoqda, goh chap oyoqda to'pga zarba berib vaqtini chog' o'tkazdi. Buni ko'rmaslik esa zaxira hakami SHerzod Qosimovning xatosi bo'ldi. 

Qolgan vaziyatlar bo'yicha hakamlarning jiddiy xatoga yo'l qo'yishganini eslay olmayapmiz. Masalan, bosh hakam Aziz Asimovga nima uchun 6,5 ball qo'yilganini (6,5 ball tushunarli qilib aytganda 3 baho degani) faqat uchrashuv nazoratchisi Aleksandr Popov biladi. Malumki, Aleksandr Popov talabchan nazoratchilardan biri hisoblanadi. Ammo bazan talabchanlikni haddan tashqari oshirib yuboradi. Nazoratchi o'yin paytida hakamlarga ustozdek muomalada bo'lishi kerak, tekshiruvchidek emas. Agar hakamlarning nima sababdan past baho olganiga aniq faktlar bo'lsa, unda eshitishga tayyormiz. 

Xayrulla Xoliqov. 

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика