So’nggi yangiliklar

00:47Мбаппе "Реал"да 10-рақамнинг янги эгасига айланди  0 00:01Расман: "Манчестер Сити" "Бёрнли"дан дарвозабон сотиб олди  0 23:40"Челси" Кукурельяга янги шартнома таклиф қилади  0 23:17Луис Диас қачон "Бавария" футболчиси сифатида таништирилиши маълум бўлди  1 22:52Расман: "Насаф" нигериялик футболчи билан шартнома имзолади  4 22:40Турғунбоев "Пахтакор"да қайси рақамни танлади?  4 22:15Расман: "Навбаҳор" бразилиялик футболчи билан шартнома имзолади  9 22:10Расман: "Насаф" албаниялик ҳужумкор ярим ҳимоячи билан шартнома имзолади  8 22:05Расман: "Андижон" Токотаевни ўз сафига қўшиб олди  8 21:38"Навбаҳор" Суперлиганинг биринчи даврасини "Нефтчи"да ўтказган икки ўйинчи билан шартнома имзолади  8 21:15"Интер" Лукман учун таклиф қилган таклиф "Аталанта"га ёқмади  0 20:50Жанлуижжи Доннарумма чиндан ҳам ПСЖдан кетиши мумкин – ҳаттоки ЕЧЛдаги ғалабадан кейин ҳам  5 20:31Расман: Шаҳзод Тоиров — ОКМК футболчиси!  1 20:25"Наполи" "Ливерпуль" футболчисини ижарага олмоқчи  0 19:59Тоттининг ўғли босим туфайли футболдан кетди  2

“Bunyodkor” “Neftchi” safida U-18 jamoalari o'rtasida O'zbekiston chempioni bo'lgan futbolchilar va murabbiy bilan shartnomalar imzoladi Yangiliklar

“Bunyodkor” “Neftchi” safida U-18 jamoalari o'rtasida O'zbekiston chempioni bo'lgan futbolchilar va murabbiy bilan shartnomalar imzoladi

Teglar :  Neftchi Bunyodkor
Bugun, 18 dekabr kuni, “Bunyodkor” futbol klubi ofisida yangi yosh va iqtidorli bo'lgan futbolchilar bilan mehnat shartnomalari imzolash jarayoni bo'lib o'tdi.

 Farg'onaning “Neftchi” U-18 jamoasi tarkibida 2021 yilgi mavsumda O'zbekiston chempionligiga erishishgan 4 nafar futbolchi va murabbiy o'zlarining keyingi taqdirlarini “qaldirg'ochlar” bilan bog'lashdi. “Neftchi” U-18 jamoasiga oltin medallarni keltirgan bosh murabbiy Aziz Alijonov hamda futbolchilar Muhammadali Xolmatov, Humoyun Bozorboev, Oblayorbek Rahmatov va Odiljon Nabiev har biri “Bunyodkor” klubi bilan 3 yilga mo'ljallangan professional mehnat shartnomasiga imzo chekishdi.

Takidlab o'tish joiz, M.Xolmatov va O.Rahmatov yaqinda, 6-15 dekabr kunlari tashkil etilgan O'zbekiston U-18 yoshlar terma jamoasining o'quv-mashg'ulot yig'inida qatnashgan edilar.

“Futbol ishqibozlariga o'zining o'yinchilik davridan buyon judayam yaxshi tanish Aziz Alijonov U-21 yoshlar jamoamiz murabbiylar shtabiga qo'shiladi. Kelajakdagi rejalarimizni batafsil bayon etganimizda, menimcha, ular yosh mutaxassisga manzur keldi.

“Neftchi” safida 2021 yili o'z yosh toifalarida chempionlikni qo'lga kiritgan yosh iqtidorlarni jamoamizga olib kela olganimizdan xursandmiz. Ishonamizki, qisqa vaqt ichida ular asosiy jamoa eshiklarini zabt etishadi. Biz har doim asosan yoshlarga etibor qaratamiz. Mavsum startiga qadar tarkibimizga yana boshqa bir qancha talantli futbolchilarni jalb etishni mo'ljallaganmiz”, - dedi yangi futbolchilar bilan shartnomalar imzolash chog'ida “Bunyodkor” futbol klubi direktori Ulug'bek Mirzaev.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика